Dunyoda

BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya taklif qilgan rezolyutsiyani qabul qilmadi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Fotobankka oʻtishBMT Xavfsizlik Kengashi
BMT Xavfsizlik Kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
BMT Xavfsizlik Kengashi Suriya suvereniteti haqida Rossiya taklif qilgan rezolyutsiyani qabul qilishda hamjihatlikka erisha olmadi. Senator Frants klintsevichning fikriga koʻra, ushbu qaror vaziyatni butkul boshi berk koʻchaga kirib qolishiga sabab boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. BMT Xavfsizlik Kengashi Suriya suverenitetini saqlash haqidagi  rezolyutsiyani qabul qilmadi. Rossiya taklif qilgan rezolyutsiyaga BMT doimiy aʼzolaridan oltitasi qarsh chiqdi, ulardan uchtasi “veto” huquqiga ega, deb Xabar bermoqda RIA Novosti.

 

“Men ushbu holat Suriya tinchlik muzokaralarini  murakkablashtirib, vaziyatni butkul boshi berk koʻchaga olib kirishidan xavotirdaman”, — dedi jurnalistlarga Federatsiya Kengashi Mudofaa va Xavfsizlik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, senator Frants Klintsevich.

Senatorning soʻzlariga qaraganda AQSH, Buyuk Britaniya va Frantsiya ushbu rezolyutsiyani qoʻllab quvvatlamagani —  bu ularning NATO chizigʻidan bir qadam ham chetga chiqishni xoxlamaganini va Kengash aʼzolarining sovuq urush davridagidek, “oʻzimizniki va begona” degan tamoyilda qaror qabul qilayotganidan darak beradi.

“Rezolyutsiyaga qarshi chiqqanlar hech qanday asosli dalillar keltirishmadi. AQSH, Buyuk Britaniya va Frantsiya yana bir marta oʻzlarining atlantik blokka sodiqligini namoyish qilishdi. Bu bilan ular Turkiyaning tajovuzkorona harakatlarini qoʻllab-quvatlashdi”, — dedi senator.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala