Xitoy harbiylari F-22 samolyotining “ko‘rinmaslik” xususiyatiga ishonmadilar

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAQShning F-22 qiruvchi samolyoti "Dubai Airshow-2015" ko‘rgazmasida
AQShning F-22 qiruvchi samolyoti Dubai Airshow-2015 ko‘rgazmasida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy harbiy radarlari Janubiy Xitoy dengizi ustida begona uchuvchi apparatni aniqlaganidan keyin, AQShning yangi F-22 samolyotining “ko‘rinmaslik” xususiyatiga shubha paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Xitoy OAVlari.

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Xitoy harbiylari Janubiy Xitoy dengizida o‘rnatilgan harbiy radarlar AQShning F-22 “ko‘rinmas” qiruvchi samolyotini aniqlaganini xabar berdi, deb yozmoqda "Jenminjibao" nashri.

2016 yil 10-fevralda notanish uchuvchi jism Janubiy xitoy dengizi ustida Xitoy havo chegarasini buzganidan keyin Xitoy harbiylari ularning radarlari AQShning yangi F-22 “ko‘rinmas” qiruvchi  samolyotini aniqlash xususiyatiga ega ekanligini e’lon qilishdi.

Xitoylik harbiy ekspert In Chjo aytishiga qaraganda,  F-22 ning ko‘rinmaslik texnologiyalari uni zamonaviy Xitoy radarlaridan yashira olmaydi.

Biroz oldin Rossiya harbiylari ham 55J6ME, 55J6UME, 1L121E radarlari eng zamonaviy qurollarni va uchuvchisiz apparatlarni aniqlash imkoniga ega ekanligini ta’kidlagandi. Undan tashqari, Rossiya o‘z mudofaasi tizimiga eng zamonaviy S-300 va S-400 ZRK tizimlarini kiritganidan keyin, AQSh bundan xavotirda ekanligini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0