Dunyoda

Armaniston minglab qizchalardan mahrum boʻldi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishQizaloq.
Qizaloq. - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirgi kunda, Armaniston va boshqa mamlakatlarda selektiv abort(ota-onani tugʻilajak farzand jinsi qoniqtirmaganda, amalga oshiriladigan abort) “odat” tusiga aylanib bormoqda. Armaniston yiliga minglab qizchalardan mahrum boʻlyapti.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Farzand dunyoga kelishi – har bir ota-ona hayotidagi unutilmas kun, desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz. Ammo Artak qiz farzandni dunyoga keltirgan rafiqasini tugʻruqxonadan kutib olish uchun soqoli oʻsgan bir alfozda yoʻlga chiqdi. Soqol oʻstirish hozir “urf” boʻlgani uchunmas, yoʻq. Shunchaki, bir oy oldin xotini oʻgʻilmas, qiz tugʻishidan xabar topganidan beri, oʻziga qarashga hafsalasi oʻldi…
BMT Demografik fondi oʻtkazgan tadqiqot natijalari, shuni koʻrsatdiki, Armaniston 2060 yilga kelib 90 ming nafar qizchalardan – boʻlajak onalardan, mahrum boʻlishi mumkin.

Hozirda mamlakat hukumatida selektiv abortni qonunan taʼqiqlash borasida muzokaralar olib borilmoqda.
Soʻnggi besh yil mobaynida, Armanistonda yangi tugʻilayogan har 100 nafar qiz farzandga/114 nafar oʻgʻil bola toʻgʻri kelmoqda. Jahonda esa ushbu koʻrsatkich 107/103ni tashkil qiladi.

Bu holat, sogʻliq muhofazasi uchun masʼul amaldorlarning tashvish cheka boshlashlariga sabab boʻldi.
Aytib oʻtish joizki, boʻlajak onaning turmush oʻrtogʻi yoki qaynonasi "shunday boʻlishini xohlagani” uchungina koʻplab qizaloqlar tugʻilish, yashash va atrofdagilarga quvonch ulashish huquqidan mahrum boʻlishmoqda. 
Boʻlajak ona oʻziga oʻtkazilayotgan bosim tufayli, jumladan, qiz farzand tugʻilishini turmush oʻrtogʻi “sharmandalik”, deb hisoblagani uchun, oʻz farzandidan voz kechishga majbur boʻlyapti.
Bu mamlakatda, qadimdan qolgan yana bir anʼanaga mavjud – ayol, to oʻgʻil tugʻib bermaguniga qadar tugʻishga majbur.
Hozir esa, mamlakatda qizlar tugʻilmay qoʻydi. Nega, deysizmi? Chunki, ulardan bir necha daqiqa ichida qutulish mumkin boʻlib qoldi.
Qolaversa, koʻplab arman erkaklari ongida, birinchi farzand, albatta, oʻgʻil boʻlishi kerak, degan fikr qattiq oʻrnashib qolgan.
Bu juda gʻalati. Tugʻilajak farzand jinsini belgilash oʻzimizga bogʻliq boʻlganida edi…
Arman erkaklarining fikricha, haqiqiy arman erkagi daraxt ekishi, oʻgʻilni voyaga yetkazishi hamda uy qurishi lozim.
Armanistondagi eng dolzarb muammo haqida internetdagi maqollarni birma-bir qarab chiqar ekanman, odamni choʻchitadigan bir izohga koʻzim tushdi. Bir yoʻlovchidan farzandi oʻgʻil yoki qiz boʻlishini xohlashi haqida soʻrashganida, u: “Oʻgʻil. Qizim meni boqib olishi uchun oʻz eridan qancha pul oʻgʻirlashi kerak”, deb javob qaytargan.

Hindistonda maktabdagi tahsil pul turadi. Shu bois, uddaburro ota-onalar pullarini oʻgʻillari uchun asrab qoʻyisharkan. Ularning fikricha, oʻgʻillar qizlardan koʻra “foydaliroq”. Bu oʻlkada, ota-ona bilan birga yashaydigan qizlarni “paraya dxan”, yaʼni, “oʻzganing boyligi” deb chaqirishadi.

Eng achinarlisi, Armanistonda erkaklar shu darajada yalqovlashib ketganki, hatto, oʻrta yoshdagilari ham, qoʻl qovushtirib oʻtirishni maʼqul koʻradi – bor umidi oʻgʻillaridan boʻlsa kerakda!
Millat fojiasi emasmi bu?
Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasidan maʼlum boʻlishicha, soʻnggi yillar ichida Ozarbayjonda har 100 qiz bolaga/114 nafar oʻgʻil, Gruziyada har 100 qiz bolaga/113 nafar oʻgʻil, Armanistonda esa har 100 nafar qiz bolaga/114 oʻgʻil bola toʻgʻri kelmoqda. Uch mamlakat ham selektiv abortni xush koʻruvchi davlatlar oʻntaligidan oʻrin olgan.
Eng qizigʻi, soʻrov oʻtkazilganda, Armanistonda har uchinchi yoʻlovchi, selektiv abortni vahshiylik, deb hisoblashini taʼkidlagan. Ammo statistika, ularning dilidagi tilidagi bilan kelishmasligini yaqqol koʻrsatib turibdi.

Milliy statistika xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2015-yilda Armanistonda 19 611 qizaloq va 22 204 oʻgʻil bola (2014-yilda — 20 162 qiz va 22 869 oʻgʻil bola) tugʻilgan.

Aytgancha, xitoyliklar oʻtkazgan tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, oʻgʻil bolalar qizlardan 1% ga koʻp boʻlishi, mamlakatda kriminal darajasini 4 % ga oshirar ekan.

Armaniston hukumati, qiz bola tugʻiladigan oilalarni qoʻllab-quvvatlashi kerak chogʻi, aks holda, tez orada oʻnglab boʻlmas hodisalar roʻy berishi turgan gap.
Oʻz vaqtida, ikki nafar qiz farzandga ega Armaniston Bosh vaziri Ovik Abramyan mamlakatda avj olayotgan selektiv abortdan bekorga tashvish tortmagan koʻrinadi…
Albatta, arman erkaklarining oʻgʻil farzandga boʻlgan muhabbatini tushunish mumkin. Axir ular boʻlajak askar va hokazo. Ammo shu askarga ham, ular haqida qaygʻuradigan yor, farzand, opa-singil kerak. Mamlakatda ayollar tanqisligi esa erkaklarni ayollarga boy davlatlarga migratsiya qilishga majbur etishini-ku, gapirmasa ham boʻladi…

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala