256 yil umr ko‘rgan xitoylik siri

Obuna bo‘lish
Xitoyda eng uzoq yashagan kishi 24-marta nikohlangan va 180 nafar farzandning otasi bo‘lgan. Sinyun dorivor o‘simliklarni o‘rganishga qiziqqan, 256 yoshida esa, 60 yashar kishiday ko‘ringan.

TOShKENT, 24 fev — Sputnik.  Amerikaning New York Times nashri arxividan 1928-yilda eng uzoq umr ko‘rgan xitoylikdan olingan eksklyuziv intervyu topildi, deb xabar qiladi Sputnik Armaniston.

Xitoy fuqarosi, 1677-yilda Sichuan qishlog‘ida tug‘ilganini ta’kidlagan. U butun umrini dorivor o‘simliklarni o‘rganish va tibbiyotga bag‘ishlagan. Erkak 1933-yilda 256 yoshida vafot etgan.

Afsonalarga ko‘ra, erkak o‘z o‘limi oldidan: “Men bu dunyoda zimmamga yuklatilgan barcha ishlarni bajardim. Endi uyimga ketapman”, degan so‘zlarni aytgan.

Shunday qilib, amerika nashri jurnalistlari 1928-yilda Xitoyda eng ko‘p yashagan erkakdan intervyu olishgan. Erkak uzoq yashash siri: go‘sht yemaslik, ichki muvozanat va hotirjamlik ekanini ta’kidlagan. Sinyun, asosan, guruch va turli o‘simliklardan tayyorlangan choy bilan oziqlangan.  

Shuni ta’kidlash joizki, erkakning qarindoshlari, eslarini tanibdilarki, uni qari holatda ko‘rishlarini tan olgan bo‘lsalar, yana ba’zi birlari, Sinyun ularning buvalari bilan tanish bo‘lganini ta’kidlashgan.

Tarixchilar bu insonning mavjudligi haqidagi faktni inkor etmaydilar.

Misol uchun, 1930-yilda Chendu universitetining professori bo‘lgan Vu Cheng-Sze 1827-yilda Xitoy hukumati tomonidan yo‘llangan tabrik otkritkalarini topgan.

Murojaatnomada, Li Sinyunni 150 yoshi bilan tabriklashlari haqida gapirilgan. Oradan yana 50-yil o‘tgach, Sinyunni 200-yillik yubileyi bilan tabriklashgan. Bu esa, xitoylik erkak haqiqatan ham 1677-yilda tug‘ilganini tasdiqlaydi.

Yangiliklar lentasi
0