Belorussiya prezidenti Putinni Medvedev bilan adashtirib qo‘ydi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVladimir Putin va Aleksandr Lukashenko
Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Hurmatli Dmitriy Anatolyevich", - deb murojaat qildi Vladimir Putinga Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, ammo, shu zahotiyoq o‘z xatosini to‘g‘riladi.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida salomlashish vaqti Rossiya rahbari Vladimir Putinga Dmitriy Anatolyevich, deb murojaat qildi. Ammo o‘z xatosini darhol payqadi va to‘g‘riladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belorussiya rahbari Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Belorussiya jangovor holatda turganini ta’kidladi

Vladimir Putin esa Aleksandr Lukashenko bejizga adashmaganini aytib: “Axir pullar o‘sha yoqda” — Dmitriy Anatolyevich Medvedev boshchiligidagi hukumatda”, — dedi hazil tariqasida.

Eslatib o‘tamiz, Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Ittifoq davlati” Oliy kengashi yig‘ilishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belorussiya rahbari Aleksandr Lukashenko ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalalarini ko‘rib chiqdilar. Yig‘ilish so‘ngida, ayniqsa chetdan bo‘layotgan tahdidlarga qarshi mudofaa qurilishiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0