Iroqda IDga qarashli kimoviy qurollar ombori topildi

Obuna bo‘lish
“Islom davlati” Iroq harbiylari va tinch aholisiga qarshi qo‘llagan kimoviy qurollar ombori topildi. Zaharli moddalar topilgan omborxonada Iroq xavfsizlik kuchlari tushurgan videolavhasini tomosha qiling.

Videolavhada ofitserlardan idishni ko‘rsatib uning ichida saqlanayotgan zaharli modda va terrorchilar uni qanday ishlatganini aytib beradi. Videolavhada bunday idishlardan ko‘pini ko‘rish mumkin. Idishlarda saqlanayotgan modda “viniltrixlorsilan” bo‘lib, u odam terisini va metallarni yemirish xususiyatiga ega. Ushbu modda odam terisiga tegsa uni kuchli kuydishi, agar odam undan nafas olsa nafas oliy yo‘llariga zarar yetkizishi mumkin.

“Ushbu kimoviy modda ID terrorchilari tomonidan mina va snaradlar ichiga joylashtirilib, armiya va tinch aholini o‘qqa tutishda ishlatiladi. Unga qo‘l tekkizilmasada, nafas yo‘liga tushsa odam bo‘g‘ilishiga olib kelishi mumkin”, deydi ofitser.

Videolavhada bir necha idish ochilgan va ishlatilganini ko‘rish mumkin. 2016-yilning 11-fevralida ID jangarilari “Peshmerga” qurd milliy himoya otradlariga qarshi ushbu moddalarni ishlatgan. Oqibatda 23 kishi tana a’zolari va nafas olish yo‘llari kuyib, jarohatlangan. Ular hozir qurdistonning “Azadi” kasalxonasida davolanmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0