“Islom davlati” terrorchilik uyushmasi Suriyaning Dayr az-Zo‘r shaharchasini minomotdan o‘qqa tutdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSuriyadagi vayronaga aylantirilgan Xoms tumani
Suriyadagi vayronaga aylantirilgan Xoms tumani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Islom davlati” terrorchilik uyushmasi Suriyaning Dayr-az-Zo‘r shaharchasini o‘qqa tutdi, uch nafar yosh bola halok bo‘lgani, 12 kishi jarohatlangani ta’kidlanmoqda.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik.  “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi Suriyaning Dayr-az-Zo‘r shaharchasini o‘qqa tutdi. Uch nafar yosh bola halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Suriyadagi birinchi teleradiokanal.

Suriya. Xoms shahri. - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada terakt sodir etildi

Teleradiokanal bergan ma’lumotlaga ko‘ra, terrorchilar shahardagi ikkita kvartalni minomot yordamida o‘qqa tutgan.
Bundan sal oldin “Islom davlati” jangarilari minalashtirilgan avtomobil yordamida Xama shahri yaqinida portlash sodir etishgan edi.

BMT Xavfsizlik kengashi Suriyada jangovor harakatlar to‘xtatilishi bitimi kuchga kirishidan bir soat oldin 27-fevral qoq yarim tundan boshlab mamlakatda tinchlik tartibi o‘rnatilganligini qayd etgan 2268 raqamli rezolyutsiyani qabul qildi.

“Tinchlik sulhi” Suriyada mavjud bo‘lgan “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” terrorchilik uyushmalariga joriy etilmasligi ta’kidlab o‘tildi. Ularga qarshi harbiy harakatlar davom etadi.
Suriya hukumati o‘t ochishni to‘xtatish borasida Rossiya va AQSh o‘rtasida kelishilgan bitimga o‘z roziligini bildirdi. Ayrim muholifat kuchlar bu bitimga ishonchsizlik bilan qaragan bo‘lsa-da, ammo jangovor harakatlarni to‘xtatish g‘oyasi Suriya hukumatiga qarshi kuchlar tomonidan ham ma’qullandi: Rossiya davlati Mudofaa vazirligi general-mayori Igor Konashenkoning so‘zlariga qaraganda, ushbu bitim e’lon qilingan kunning o‘zidayoq tinchlik o‘rnatilishiga rozi bo‘lgan tomonlardan o‘nlab murojaatlar kelib tushgan.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanov esa “Tinchlik bitimi”ga qo‘shilmaydiganlar Rossiya va AQSh tomonidan bombardirovka qilinishi mumkinligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0