Oskar taqdimot marosimidan onlayn-reportaj

Obuna bo‘lish
Amerika Kinoakademiyasining 88 chi “Oskar” taqdimot marosimi Los-Anjelesda ayni shu damlarda bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent va Los-Anjelesda orasida 13 soat farq borligini hisobga olsak, hozir u yerda soat 17:30. Marosim boshlanmoqda.

TOShKENT, 29 fev — Sputnik.  Oskar taqtimot marosimidan onlayn-reaportaj, RIA Novosti xabariga asosan. Marosim mahalliy (Los Anjeles) vaqat bilan 28-fevral soat 17:36 da boshlandi, Toshkentda esa hozir 29-fevral soat 8:36.

17:37. 2016-yilning “Eng yaxshi filmi” mukofotiga sakkizta film: rejisser Adam Makkeyning “Tushish o‘yini”, Stiven Spilbergning “Shpionlar ko‘prigi”, Jon Kroulining “Bruklin”, Jon Millerning “Telba Maks”,   Ridli Skottning “Marslik”, Alexandro Gonsalesning “Tirik qolgan”,  Leonard Abramsonning “Xona” va Tom Makkartining “Diqqat markazida” taqdim etilgan.

17:39. Ko‘pchilik qiziqib kutayotgan mukofot bu, eng “yaxshi erkak roli” uchun beriladigan mukofotdir, chunki ushbu mukofot nomzodlari orasida Leonardi Di Kaprio bor. Di Kaprio shu kunga qadar ko‘plab filmlarda ajoyib rollar o‘ynagan va besh marta “Oskar” mukofotiga taqdim etilgan, lekin biror marta ham mukofotga sazovor bo‘lmagan.

17:40. “Eng yaxshi aktrisa” nomzodligiga  aktrisa Keyt Blanshet, Bri Larson, Jenifer Lourens, Sharlotta Rempling va Sirsha Ronanlar taqdim etilgan.

OSKAR 2016 mukofoti - Sputnik O‘zbekiston
Faqat oq tanli akterlardan tashkil topgan “Oskar” nomzodlari ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

17:46. Ushbu yilgi “Oskar” mukofoti nomzodlari nomlari e’lon qilingach, u Ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamaga sabab bo‘ldi. #OscarsSoWhite xeshtegi ostida Twitter foydalanuvchilari oxirgi ikki yil davomida Oskar mukofotiga faqat oq tanli akterlar taqdim etilganligini. Boshqa irq yoki etnos vakillari hatto nomzod ham etilmaganligini e’tirof etishdi. Shu o‘rinda Uill Smit va boshqa bir necha taniqli akterlar va rejisserlar Oskar mukofoti taqdimoti marosimiga qatnashmasliklarini e’lon qilishgan edi.

17:50. Qisqa metrajli multfilm nominatsiyasiga bu yil Rossiyalik multiplikator Konstantin Bronzitning “Biz kosmossiz yashay olmaymiz” multfilmi taqdim etilgan.

17:58. “Eng yaxshi o‘ziga xos ssenariy” uchun Oskar Jorj Singer va Tom Makkartiga tegdi. Ular birgalikda “Diqqat markazida” filmi uchun ssenariy yozishgan.

17:54. “Tushish o‘yini” filmiga “eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” uchun Oskar mukofoti berildi.

18:07. Ikkinchi darajali rolda o‘ynagan eng yaxshi aktrisa mukofotini “Daniyalik qiz” filmida o‘ynagan Alisiya Vikander oldi.

18:25. “Eng yaxshi kostumlar dizayni” uchun Oskarni dizayner Jenni Bivan “Telba Maks” filmiga yaratgan kosumlari uchun qo‘lga kiritdi.

18:28. "Eng yaxshi grim va soch turmaklari" uchun «Telba Maks» uchinchi Oskarga sazovor bo‘ldi.

19:13. 2015-yilning "Eng yaxshi animatsion filmi" deb — "Boshqotirma" multfilmi tanlandi.

20:07. Sahnada AQSh vitse-prezidenti Djo Bayden va Ledi Gaga paydo bo‘lishdi. Djo Baydenning sahnada paydo bo‘lishiga sabab, shunday yo‘l bilan u oxirgi vaqtlarda AQSh kollejlarida tez-tez sodir bo‘layotgan zo‘ravonlik va qotillik holatlariga jamiyat e’tiborini qaratish, ekan.

20:24. Enio Morikonne Kventin Tarantinoning “Jirkanch sakkizlik” filmi uchun yaratgan musiqasi uchun “Eng yaxshi kompozitor” mukofotini oldi.

Oskar mukofoti ramzi bo‘lgan haykalcha - Sputnik O‘zbekiston
Kino tanqidchisi: Bu yil “Tirik qolgan” barcha Oskar mukofotlarni oladi

20:28. Filmlarda yangragan eng yaxshi qo‘shiq uchun mkofotni "007: SPEKTR" guruhi o‘zining "Writing’s On The Wall" qo‘shig‘i uchun oldi. Ushbu qo‘shiq “Mashinadan” filmidan ishlatilgan.

20:33. Asosiy nominatsiyalar boshlanmoqda.

20:39. Eng yaxshi rejisser – Alexandro Gonsales Inyarritu o‘zining "Tirik qolgan" filmi uchun oldi. Ushbu Oskar rejisser Gonsalesning to‘rtinchi Oskari bo‘ldi.

20:48. 2015-yilning “Eng yaxshi aktrisa”si nomiga Bri Larson o‘zining “Xona” filmi uchun sazovor bo‘ldi.

20:56.  Ushbu yilning eng entiqib kutilgan mukofoti: Leonardi Di Kaprio — yilning  “Eng yaxshi akteri” nomiga sozovor bo‘ldi. Ushbu “Oskar”ni akter “Tirik qolgan” filmi uchun oldi.  

21:02. Va nihoyat “Yilning eng yaxshi” filmi nomiga – “Diqqat markazida” filmi loyiq deb topildi. Nominatsiyalar soni bo‘yicha g‘olib esa – “Telba Maks”

Biz bilan birga namoyishni kuzatganingiz uchun rahmat.

Yangiliklar lentasi
0