Madaniyat

Leonardo Di Kaprio nihoyat Oskarni qoʻlga kiritdi

© MARK RALSTON / AFPAkter Leonardo Di Kaprio Oskar mukofoti bilan
Akter Leonardo Di Kaprio Oskar mukofoti bilan - Sputnik Oʻzbekiston
Mukofotni olarkan, akter “Tirik qolgan” filmi “hayratomuz kollektiv” ishi natijasida paydo boʻldi, dedi.

TOSHKENT, 29 fev – Sputnik. Leonardo Di Kaprio "Tirik qolgan" filmi uchun Oskar mukofotiga sazovor boʻldi. RIA Novosti AVS telekanaliga asosan.   

Ushbu nominatsiyada Di Kaprio Eddi Remeyn, Mett Deymon, Brayn Krenston va Maykl Fassbenderlar bilan “bellashdi”.

Mukofotni olarkan, akter “Tirik qolgan” filmi “hayratomuz kollektiv” ishi natijasida paydo boʻldi, deb oʻz hamkasabalariga minnatdorchilik bildirdi.  

Nutqining soʻngida Di Kaprio hamaning diqqatini dunyoda sodir boʻlayotgan iqlim oʻzgarishiga yana bir bor qaratdi va “Iqlim oʻzgarishi haqiqatdan ham yuz bermoqda, bu butun dunyo va barcha tirik mavjudotlar uchun haqiqiy tahlikadir”, — dedi akter.

Eslatib oʻtamiz, akter Leonardo Di Kaprio oʻzining “Titanik”, “Toʻgʻri yoʻldan qaytganlar”, “Boshi”, “Qonli olmoslar”, “Uoll-strit boʻrisi” va boshqa filmlari bilan tomoshabinga tanish. Oʻtgan yillar davomida akter besh marotaba Oskarga nomzod boʻlga edi, lekin biror marta ham mukofotni olishga muvaffaq boʻlmagan edi.

41 yoshli akter “Tirik qolgan” filmi uchun Di Kaprio “Oltin Globus” va AQSH Kritiklar Assotsiatsiyasi mukofotini ham qoʻlga kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala