O‘zbekistonda bugundan boshlab yangi YHX qoidalari kuchga kirdi

© Pixabay / MontaplexYo‘l harakati belgilari
Yo‘l harakati belgilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qoidalar harakatlanish tezligi, videoregistrator va navigatorlardan foydalanish, skuter va kvadrotsikllar haydash va qorong‘uda amal qilish kerak bo‘lgan xavfsizlik qoidalarini o‘z ichiga oladi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda bugundan boshlab aholi punkti doirasida harakatlanish tezligi, videoregistrator va navigatorlardan foydalanish, skuter va  kvadrotsikllarni motosiklga tenglashtirish kabi o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan yangi Yo‘l Harakati Xavfsizligi qoidalari amalga kirdi.

Yangi YHX qoidalariga binoan aholi yashash punktlari ichida harakatlanish tezligi 30 km /soat bilan cheklangan. Undan tashqari bolalarni tashkiliy tartibda tashuvchi transport vositalariga har qanday yo‘llarda tezlikni 60 km/soatdan oshirish ta’qiqlangan.

Avtomobil old qismiga, videoregistratorlar va navigartorlardan tashiari, harakat vaqtida haydovchining diqqatini tortuvchi, ko‘rinishni cheklovchi monitor va boshqa uskunalar o‘rnatish ta’qiqlangan.

Dvigatel hajmi 50sm kubdan ortiq, yoki 50 km/soatdan tez harakatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan skuterlar, kvadrotsikllar va elektroskuterlar yangi qoidalarga binoan motosikllarga tenglashtirilgan. Ushbu TV foydalanish uchun haydovchida “A” kategoriyali haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi kerak.

YHX qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l qoidasi - umr va hamon foydasi! 1-martdan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlar

Yangi qoidalarga piyodalar uchun ham bir qator cheklovlar kiritilgan: unga ko‘ra, piyodalarga avtomobil yo‘llari chetidan harakatlanish vaqtida, yoki piyodalar o‘tish joyidan o‘tish vaqtida telefon, planshetlardan, foydalanish, kitob, gazeta jurnal o‘qish ta’qiqlanadi.

Haydovchilar sutkaning qorong‘u vaqtida va ko‘rinish yomon bo‘lgan vaqtda yo‘l chetida to‘xtab transport vositasidan tushganda maxsus nur qaytaruvchi nimcha kiyishi shart.

Yangi YHX qoidalariga Yo‘l-transport qoidabuzarliklari maxsus uskunalar orqali avtomatik ravishda foto va video fiksatsiya qilish qoidalarini kiritilgan. Ushbu qoidalarda yangi “Qoidbuzarliklarni foto va video fiksatsiya qilish” yangi belgisi haqida ham xabar berilgan.

Yangiliklar lentasi
0