Go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishGo‘shtni qayta ishlash korxonasi
Go‘shtni qayta ishlash korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu korxonalarga 2021-yilga qadar yagona soliq miqdorining 50% ini o‘z hisoblarida qoldirishlari mumkin. Ushbu mablag‘ ishlab chiqarish uskunalarini yangilash, mahsulot turi va hajmini oshirish va xom-ashyo bazalaini kengaytirish uchun ishlatilishi kerak.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik va mikro firmalar uchun soliq imtiyozlarini yana besh yilga uzaytirdi, “O‘zbekoziqovqatxolding” vakili Sputnik muxbiriga bergan xabari asosida.

Ushbu korxonalar 2021-yilning 1-yanvariga qadar yagona soliq miqdoridan 50% ini o‘z ixtiyorlarida qoldirishlari mumkin. Buning asosiy sharti – ushbu mablag‘ ishlab chiqarishni yangi asbob-uskuna bilan ta’minlash uchun, yangi laboratoriyalar yaratish va mahsulotning yangi turlarishi ishlab chiqarishga va xom ashyo bazasini rivojlantirishga ishlatilishi kerak.

“O‘zbekiston o‘zining oziq-ovqat xavfsizligiga juda jiddiy munosobatda. Hozirgi zamonning sanksiyalar urushi ushbu yo‘nalishning to‘g‘ri ekanligni tasdiqladi. 1990-yilda O‘zbekiston iste’mol qilinaddigan go‘sht mahsulotlarining 50% ini, sut mahsulotlarining 60% ini chetdan olib kelardi. Hozir bo‘lsa vaziyat butunlay boshqacha. Oxirgi 20-yil davomida aholi soni o‘sishi, go‘sht mahsulotlari iste’mol qilishning 1,3  baravar, sut mahsulotlari — 1,6 baravar o‘sishiga qaramasdan ushbu oziq-ovqat mahsulotlarning bari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda”, — dedi muassasa vakili.  

Imtiyozlar muddati uzaytirilishi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar soni va turini kengaytirishga qaratilgan. Masalan, yosh bolalar uchun mahsulotlar turi va go‘sht konservalari turini oshirishga qaratilgan.

O‘zbekistonda hozirgi kunda go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan 1300 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng yirik besh korxona "Ruzmetov", "Ibragimov", "Master delikatesov", "Agro bravo", "Baxt" yaqin orada o‘z ishlab chiqarish bazalarini yangilashga va mahsulot hajmini oshirishga 10 millionov dollarga yaqin mablag‘ sarflashni rejalashtirgan.

Undan tashqari mamalakatda to‘rt zamonaviy go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi paydo bo‘lishi kutilmoqda. Ularning mahsulotlari xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatsiya qilinadi.

O‘tgan yili O‘zbekistonda 1,9 mln tonna go‘sht va 8,8 mln tonna sut mahsulotlari ishlab chiqarildi. 2021-yilga kelib O‘zbekistonda go‘sht mahsulotlari hajmini 2,5 mln tonnaga va sut mahsulotlari hajmini — 13 mln tonnaga yetkizish rejalashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0