Dunyoda

Tel-Abyad uchun jangda 40dan ortiq qurd jangchilari halok boʻldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishSuriya. Aleppo shahri
Suriya. Aleppo shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtkazilgan operatsiya davomida qurd jangchilari tomonidan 140 nafar “Islom davlati” terrorchilari yoʻq qilindi.

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Turkiya chegarasi yaqinidagi Tel-Abyad shahri uchun “Islom davlati” terrorchilari bilan boʻlib oʻtgan jangda 43 nafar qurd jangchilari halok boʻldi, deb xabar qiladi RIA Novosti agentligi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Barak Obama. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Suriyadagi urush: Putin va Obama qanday qarorga kelishdi

Bundan sal oldin “Suriya demokratik kqchlari” qurollangan guruhlar alyansi vakili Talyal Salu yakshanbaga oʻtar kechasi qurd koʻngilli jangchilari “ID” terrorchilaridan Tel-Abyad shahrini tortib olishga muvaffaq boʻlishgani haqida xabar qilgan edi.

Qurdlar vakili Redur Xelil xabariga koʻra, yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi amalga oshirilgan operatsiya davomida koʻngilli jangchilar tomonidan 140 nafar jangari yoʻq qilingan. Toʻqnashuv davomida 23 nafar tinch aholi hayotdan koʻz yumgan.

AQSH va Rossiya kelishuviga muvofiq, Suriyada 27-fevraldan boshlab “tinchlik sulhi” kuchga kirgan. Ammo, “Tinchlik kelishuvi” “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” singari, BMT tomonidan terrorchilik uyushmasi deb tan olingan uyushmalarga joriy etilmasligi alohida taʼkidlab oʻtilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala