Dunyoda

National Interest AQSH Rossiyaga qarshi qanday qurol bilan jang qilishini aytdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishSu-35 qiruvchisi.
Su-35 qiruvchisi. - Sputnik Oʻzbekiston
Yevropada urush boshlangan taqdirda, AQSH Rossiya mudofaasini manyovrlar cheklangan, kirishga ruxsat berilmagan hududlar orqali yorib kirish yoʻllarini izlayapti, deb yozadi The National Interest.

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Amerikalik harbiylar Rossiyaning manyovr qilish va yorib kirishga yoʻl qoʻymaydigan(A2/AD)  tizimini yoʻq qilishga qodir yangi qurolni zudlik bilan yaratish lozimligi haqida bong urishmoqdadeb yozadi The National Interest nashri, RIA Novosti xabari asosida.

Amerika bayrogʻi. Vashington. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Senator Sanders: AQSH hali ham SSSR bilan “sovuq urush” olib bormoqda

Rossiyaning A2/AD hududlaridagi mudofaa yorib kirilgan taqdirda, amerika Qurolli kuchlari NATO alyansining sharqiy qismi mudofaasini mustahkamlash imkoniga ega boʻladilar, deb taʼkidlanadi nashrda.
Amerikalik generallar, Yevropada urush boshlanadigan taqdirda, oʻz mudofaasini kuchaytirish variantlarini koʻrib chiqmoqdalar.

"Alyans mudofaasini zudlik bilan kuchaytirish imkoniga ega boʻlish, oson ish emas.  <…> Yodingizda boʻlsin, Rossiya kirish taʼqiqlangan va manyovr qilish cheklangan hududlarda mudofaasini kuchaytirdi (qirgʻoqqa yaqin zonalar suvosti kemalari bilan taʼminlanishi,  qanotli va ballistik raketalar, Havo xujumiga qarshi mudofaa tizimi oʻrnatilishi nazarda tutilmoqda, tahr.). Biz ham oʻz kuch va mablagʻimizni shu kabi mudofaa tizimlariga sarflamogʻimiz lozim. Bu bizga taʼqiqlangan hududlarga bostirib kirish imkonini beradi va bizni yanada kuchliroq qiladi", — deb iqtibos keltiradi nashr general Filip Bridlav nutqidan.
Nashrda taʼkidlanishicha, Bridlav tomonidan tilga olingan kuch va mablagʻlar ikkita koʻrinmas-qiruvchir — F-22 "Reptor" va F-35ga sarflanishi koʻzda tutilgan. Maqola muallifi fikricha, bu ikki samolyot Rossiyaning PRO — S-300 va S-400 tizimlaridan oʻzib ketishiga shubha yoʻq. F-35 ni doimiy tarzda Angliyada joylashtirish jarayoni 2021 yilda boshlanishi aytib oʻtilmoqda.

Dunyoda
Admiral Richardson: Amerika Rossiya va Xitoyga yetakchilikni berib qoʻymaydi

Filip Bridlav, shuningdek, Moskva va Vashington oʻrtasidagi suv ostikemalari borasidagi raqobatga ham eʼtibor qaratdi: "Ruslar suvosti kemalari qanchalik naf berishini yaxshi tushunadilar, shu bois bu sohaga koʻp mablagʻ sarflaydilar, bu bilan ular bizning imkoniyatimizga chaqiriq tashlamoqda".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala