Hodisalar

Samarqand Asab kasalliklar dispanseri qotil-enaga kasalligini tasdiqladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishGulchehra Boboqulova
Gulchehra Boboqulova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Viloyat Asab-ruhiy kasallikliklar dispanseri Moskvada vahshiy qotillik amalga oshirgan enaga haqiqatdan ham kasalxonada “oʻtkir shizofreniya” kasalidan davolanganini tasdiqladi.

 

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Samarqand viloyat  Asab-ruhiy kasallikliklar dispanseri, Moskvada  vahshiy qotillik amalga oshirgan enaga Gulchehra Boboqulova haqiqatdan ham kasalxonada “oʻtkir shizofreniya” kasalidan davolangan va psixiatr roʻyxatda turganini tasdiqladi.

“Gulchehra Boboqulova, haqiqatdan ham 2003 yildan boshlab bizning kasalxonada “Oʻtkir shizofreniya” diagnozi bilan roʻyxatda turgan”, — deyishdi kasalxonada Chorshanba kuni.

Kasalxona xabariga koʻra, Boboqulovada kasallik natijasida, “psixika buzilishi va oʻz hatti-harakati ustidan nazoratni yoʻqotish “ tez-tez boʻlib turardi.

Boboqulovaning dugonasi Aziza Gadoyeva aytishiga qaraganda, u Oʻzbekistonga oxirgi marta kelgan vaqtida oʻzini juda jahldor tutgan. Gadoyevaning fikricha bunga uning xushtori sabab boʻlgan.

Rossiya Tergov Qoʻmitasi xabariga roʻra, dushanba kuni Moskvada enaga boʻlib ishlayotgan ayol Gulchehra Boboqulova oʻz qarovi ostida boʻlgan bolani oʻldirib, uyga oʻt qoʻygan va koʻchaga chiqib ketgan.

Ushbu jinoyat sabablari oʻrganilmoqda, Rossiya Tergov qoʻmitasi xabariga koʻra, Boboqulovani kimdir gij-gijlagan boʻlishi mumkin. Maʼlum boʻlishicha sobiq xushtori Boboqulovani “ekstremistik islomiy gʻoyalar”ga daʼvat qilgan. Ayolning ushbu “mutlaq tushunarsiz” hatti-harakati tufayli, Tergov qoʻmitasi unga darhol asab-ruhiy ekspertiza oʻtkazishni belgiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0