O‘zbekistonda bepul xalqaro qo‘ng‘iroqlar amalga oshiruvchi messenjer yaratildi

GALAGRAM mobil dasturi
GALAGRAM mobil dasturi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GALAGRAM messenjeri Andriod, Windows Phone, Blackberry, Symbian, Bada operatsion tizimlari o‘rnatilgan smartfonlarda yoki Windows OS, Linux o‘rnatilgan kompterlarda ishlaydigan internet-telefon dasturidir.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. O‘zbekiston kompyuter dasturchilari  bepul xalqro qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlar amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan messenjer yaratildi, deb xabar beromoqda Intellektual Mulk agentligi. 

GALAGRAM dasturi  - "Star Palete" MChJsi dasturchilari tomonidan ishlab chiqarilgan korss-platformali, bepul messenjer bo‘lib, u Andriod, Windows Phone,  Blackberry,  Symbian, Bada operatsion tizimlari o‘rnatilgan smartfonlarda yoki Windows OS, Linux o‘rnatilgan kompyuterlarda ishlashi mumkin.

GALAGRAM messenjeri orqali matnlar va rasmlar almashish yoki bepul xalqaro qo‘ng‘iroqlar, video qo‘ng‘iroqlar, bir necha kishi orasida video  konferensiya amalga oshirish mumkin.   

Messenjer xalqaro bozorga mo‘ljallangan bo‘lib u O‘zbek, Rus, Ingliz, Xitoy va boshqa tillardagi interfeysga ega. Xizmat foydalanuvchisi hisobi uning uyali telefoni raqamiga ulanadi. Messenjerga ro‘yxatga olish va keyinchalik kirib chiqishlar SMS xabari orqali tekshiruvdan keyin amalga oshiriladi.  

GALAGRAM mualliflari Bekzod Buranov va Shoxrux Sharipovlarga  DGU 03447 nomerli guvohnoma berildi.

Yangiliklar lentasi
0