Tergovchi: “Qotil-enaga” sodir etgan jinoyat mohiyatini aniqlash qiyin bo‘ladi

Obuna bo‘lish
"Shizofreniya" tashhisi qo‘yilgan kishi nima uchun u yoki bu jinoyatni sodir etganini aniqlash qiyin bo‘ladi. Sababi, bemor “o‘ziga kelgandan keyin” bergan tushuntirishlar jinoyat mohiyati bilan mos tushmasligi mumkin, deb izoh beradi Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Tergovchilar Moskvada qotil-enaga tomonidan sodir etilgan jinoyat tafsilotlari tez kunda aniq bo‘lishiga ishonch bildirishmoqda. Ammo bu oson bo‘lmaydi, chunki jinoyat sodir etilishi asl mohiyati, keyin beriladigan tushuntirishlar bilan mos tushmasligi mumkin, dedi Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin.

Gulchehra Boboqulova - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand Asab kasalliklar dispanseri qotil-enaga kasalligini tasdiqladi

"Shizofreniya” tashhisi qo‘yilgan kishi tomonidan sodir etgan jinoyat mohiyati, u tomonidan keyin beriladigan tushuntirishlar bilan mos tushmasligi mumkin. Sababi, bu kabi jinoyatlar, shizofreniya kasalligi qayd etilgan bemorlar tomonidan kasallik “avj nuqtasiga chiqqan” vaqtda sodir etiladi. Jinoyatchi o‘z xatti-harakati borasida tushuntirishni esa ancha keyin, ya’ni “remissiya” vaqtida beradi. Shu bois, ulardan sodir etilgan jinoyatning g‘ayritabiiy va fantastik motivlarini eshitish mumkin. Ba’zi birlari bunday paytlarda o‘zini Napoleon deb e’lon qilsa, yana kimlardir Indira Gandi deb ataydi va hokazo…

Shu bois, shizofreniya kasalligiga chalingan kishi so‘zlariga ruhiyat sohasidagi mutaxassislargina jiddiy e’tibor qaratishlari lozim", — deb ta’kidladi RTQ rasmiy vakili Vladimir Markin.

Eslatib o‘tamiz, 29-fevral kuni Moskva shahri “Oktabrskoe pole” metrosi stansiyasida qo‘lida yosh bola boshini ushlab olgan ayol qo‘lga olindi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, ayol “Allohu akbar!” deb baqirib, atrofdagilarni hozir o‘zini portlatib yuborishi bilan qo‘rqitgan. Shu bois uning yoniga borishga hech kim jur’at etmagan.

Oradan uzoq vaqt o‘tmay, ayol politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Metro atrofida portlovchi modda aniqlanmagan.

Qotil-enaga G. Boboqulova Presnya tumani sudi qarori bilan 29-aprelga qadar hibsga olindi. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek jurnalistlari: “qotil-enaga” tufayli Rossiyadagi migrantlar jabr ko‘rishini xohlamaymiz

Ma’lum bo‘lishicha, 1977-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulova Moskva shahridagi Narodnoe opolchenie ko‘chasidagi ko‘pqavatli uylarning birida istiqomat qiluvchi oilada enaga bo‘lib ishlagan. Taxminlarga ko‘ra, ayol qizchaning ota-onasi uydan chiqib ketishlarini kutgan va shundan so‘ng qizchani o‘ldirib, kvartiraga o‘t qo‘ygan va telbanamo ahvolda ko‘chaga chiqib ketgan. Yong‘in o‘chirilgach, qizaloqning boshsiz tanasi aniqlangan(ilk ekspertiza xulosalariga ko‘ra, qizaloq avval bo‘g‘ib o‘ldirilgan va shundan so‘ng boshi tanasidan judo qilingan bo‘lishi ham mumkin).

O‘zbekiston IIV matbuot-xizmatiga qo‘ng‘iroq qilganimizda, Moskva shahrida o‘zbekistonlik ayol tomonidan sodir etilgan mudhish jinoyat haqida Rossiya internet resurslari orqali xabardor bo‘lishgani haqida ma’lum qilishdi. Jinoyatda ayblanayotgan ayol bilan bog‘liq savollarga izoh berishmadi.

Yangiliklar lentasi
0