Boboqulovaning o‘qituvchisi: maktabda u boshqa o‘quvchilardan farq qilmasdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishTo‘rt yashar qizaloq qotilligida ayblanayotgan Gulchehra Boboqulova
To‘rt yashar qizaloq qotilligida ayblanayotgan Gulchehra Boboqulova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ona shahri Samarqandda Gulchehra Boboqulova haqida u boshqa o‘quvchilardan farq qilmaganini, yaxshi o‘quvchi bo‘lganini ta’kidlashdi.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Qotil-enaganing hamqishloqlari yuz bergan vahshiy hodisadan shok holatiga tushishgan. Yaqinlari Rossiyaga ishlashga ketgan odamlar esa endi o‘z yaqinlari taqdiri qanday kechishini o‘ylab, qayg‘uga cho‘mganlar. Samarqandliklar katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu jinoyat borasidagi har bitta yangilikni sinchkovlik bilan kuzatishayotganini ta’kidladilar.

O‘qituvchilaridan biri, Boboqulova maktabda boshqa tengdoshlaridan farq qilmaganini ta’kidladi.
"Gulchehra o‘z tengdoshlari orasida biror jihati bilan ajralib turardi, deb aytolmayman. O‘qishi yaxshi edi, oilasi ham, ota-onasi yaxshi odamlar. Qishloqdagi boshqa qizlar singari, erta turmushga chiqdi", — deb gapirdi o‘z ismi oshkor qilinishini istamagan suhbatdosh Sputnik mubiriga.

Payshanba kuni Boboqulovaning o‘zbekistondagi to‘ng‘ich o‘g‘li ham hibsga olingani haqida ma’lum bo‘ldi. Samarqand shahar IIBdagi manba, Gulchehra Boboqulovaning to‘ng‘ich o‘g‘li va birinchi turmush o‘rtog‘i so‘roq qilingani, olingan ma’lumotlar Toshkentga yuborilgani haqida xabar qildi.
O‘zbekistonliklar yuz bergan fojiadan shok holatida ekanliklarini ma’lum qilishmoqda. Odamlar Samarqand chet el yangiliklarida mehmondo‘st-shahar sifatida emas, balki, qotil-enaga vatani deb ko‘rsatilganidan iztirobda ekanliklarini aytishdi. Yo‘lovchilarning so‘zlariga qaraganda, “bitta aqli zaif ayolni deb, endi butun O‘zbekistonga tamg‘a qo‘yilmoqda”.
Shuningdek, odamlarning aksariyati endilikda Rossiyada mehnat qilayotgan yaqinlari taqdiridan havotirda ekanliklarini aytishdi.  Odamlarni  Rossiyadagi o‘zbeklar millatchilar tomonidan ta’qibga olinmasmikin, degan savol qiynamoqda.

Qonun va huquq timsollari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV Rossiyaga qotil-enaga ishi bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni yubordi

Eslatib o‘tamiz, 29-fevral kuni Moskva shahri “Oktabrskoe pole” metrosi stansiyasida qo‘lida yosh bola boshini ushlab olgan ayol qo‘lga olindi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, ayol “Allohu akbar!” deb baqirib, atrofdagilarni hozir o‘zini portlatib yuborishi bilan qo‘rqitgan. Shu bois uning yoniga borishga hech kim jur’at etmagan.
Oradan uzoq vaqt o‘tmay, ayol politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Metro atrofida portlovchi modda aniqlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0