YeI: Ukraina yaqin 20-25 yil ichida YeI va NATOga a’zo bo‘la olmaydi

© MPD01605Yevropa Ittifoqi bayrog‘i
Yevropa Ittifoqi bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina yaqin o‘n yillar davomida Yevropa Ittifoqi yoki NATO a’zosi bo‘la olmaydi, dedi Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker Ukraina uchun yaqin o‘n yillar davomida YeI va NATOga kirish imkoni bo‘lmasligini aytdi, RIA Novosti Reyter xabari asosida.

“Ukraina, yaqin 20-25 yillar davomida YeI a’zosi bo‘la olmasligi aniq”, — dedi Yunker chorshanba kuni Gaagada. NATOga kirish istiqboli ham xuddi shunday, deb qo‘shimcha qildi u.

Shu bilan bir vaqtda, Yunker, Niderland fuqarolari yaqin kunlar ichida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan referendumda, Ukraina va YeI birlashuvini qo‘llab ovoz berishiga umid bildirdi.  

2014 yilda Ukraina va YeI birlashuv shartnomasi tuzishdi. 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab, Yevropa Ittifoqi va Ukraina orasida erkin savdo zonasi haqidagi shartnoma kuchga kirdi. Shunga qaramasdan, yaqinda YeIda raislik qilayotgan, Niderland Bosh vaziri Mark Rutte, ushbu shartnomalar Ukrainaning YeIga kirishiga peshqadam bo‘la olmasligini aytdi. 2016-yilning 6-aprelida Niderlanda Ukrainaning YeIga qo‘shilish haqida referendum o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0