Odilxon Rustamov «O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi raisi etib tayinlandi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishOziq-ovqat sanoati korxonasi.
Oziq-ovqat sanoati korxonasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-martdagi qaroriga asosan Rustamov Odilxon Boqiyevich «O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi raisi etib tayinlandi.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Odilxon Rustamov «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi raisi etib tayinlanishi munosabati bilan, Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, «Gazeta.uz» xabari asosida.

O.Rustamov davlat soliq xizmati tizimida 1993-yildan beri turli lavozimlarda, 2001-2005 yillarda Toshkent shahar Chilonzor, Uchtepa tumanlari davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2005-2009 yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Xorazm va Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmalari boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

U Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga esa 2009-yilning mart oyida tayinlangan edi.

Rustamov Odilxon Boqiyevichning davlat soliq xizmati organlaridagi samarali faoliyati davlatimiz tomonidan yuqori baholanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-avgustdagi farmoniga muvofiq davlatimizning yuksak mukofoti «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0