Polshada sobiq Ittifoqda xizmat qilgan harbiylar karyerasi tugadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPolsha davlati faxriy posbonlari.
Polsha davlati faxriy posbonlari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polsha Mudoffa vaziri, sobiq Ittifoq davrida o‘z faoliyatini boshlagan harbiylar, mansab pillapoyasidan ko‘tarilishga umid qilmasa ham bo‘ladi, deb ta’kidladi. Aynan shu xabar Bosh Qo‘mondonlik tarkibining chorak qismi ishdan bo‘shashiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Besh nafar general va bir necha polkovniklar — Bosh Qo‘mondonlikning deyarli chorak qismi — Polsha Mudofaa vazirining ta’kididan keyin mamlakat armiyasidan ishdan bo‘shashmoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Harbiy xizmatchilarning ishdan bo‘shash rasmiy sababi ma’lum qilinmayapti. Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, harbiylar shu tarzda Polsha Mudofaa vaziri Antoniy Macherevich tomonidan aytilgan so‘zlarga norozilik bildirishmoqda.

Gap shundaki, Macherevich 1989-yilga qadar xizmat o‘tashni boshlagan, va SSSRda o‘quv-mashg‘ulotlarni o‘tagan harbiylar “karyera qilishga umidvor bo‘lmasliklari mumkin” deb ta’kidlagan.

Yana bir ma’lumotlarga qaraganda, harbiylarning ishdan bo‘shashlariga harbiy xizmat muddatining o‘zgarganligi ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. OAVda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, generallar nafaqa tizimidagi o‘zgarishlardan xavfsiragan bo‘lishlari mumkin.

Polsha Qurolli kuchlari Bosh Qo‘mondonligi 2014-yilda ta’sis etilgan. U avvaldan mavjud to‘rt qo‘mondonlik – piyoda qo‘shinlar, harbiy-havo kuchlari, spesnaz va harbiy-dengiz floti birlashmasidan iborat.

Yangiliklar lentasi
0