AQSh fuqarolarni O‘rta Osiyodagi teraktlar xavfi haqida ogohlantirdi

Obuna bo‘lish
AQSh davlat departamenti fuqarolarni Dunyoning bir necha hududlarida, jumladan O‘rta Osiyo mamalkatlaridagi teraktlar xavfi haqida ogohlantirdi.

TOShKENT, 4 mar – Sputnik. AQSh davlat departamenti fuqarolarni Dunyoning bir necha hududlarida, jumladan O‘rta Osiyo mamalkatlaridagi terakt xavfi haqida ogohlantirdi.

Davlat departamenti aytishiga qaraganda, AQSh kolalitsiya tarkibida “Islom davlati”ga  qarshi kurash boshlaganidan keyin, IShID o‘z tarafdorlarini butun dunyoda amerika fuqarolariga qarshi tajovuzlar uyushtirishga da’vat qilgan. Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Yevropa va Osiyo hududlarida bunday xavf ayniqsa kuchli.

AQSh Davlat departamenti fuqarolarga Turkiyaga bormaslikni maslahat berdi

“O‘rta Osiyo hududida O‘zbekiston Islom Harakati, Al-Qoida, Islom Jihod ittifoqi kabi terrorchi guruhlar faolligi saqlanib qolayotgani tufayli amerika fuqarolariga qarshi terrorchilik xavfi saqlanib qolmoqda”, — deydi Davlat departamenti. 

“Ekstremistlar oddiy yoki ommaviy qurollar yordamida hujum qilishi mumkin. Ular hujumi AQShning rasmiy yoki xususiy mulkiga qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkin”, — deyilgan xabarda.

Davlat departamenti Yevropa mintaqasida ham hozirgi kunda xavf saqlanib qolayotganini xabar bermoqda.

“Ishonchli manbaalar xabar berishiga ko‘ra “Islom davlati” va “Al-Qoida” terrorchi guruhlari yaqin orada Yevropada hujumlar uyushtirmoqchi. Barcha Yevropa mamalakatlari xalqaro terrorchilar hujumlardan himoyalanmagan”,  - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldingi safar Davlat departamenti o‘z fuqarolarini umujahon terrorchilik xavfidan 2015-yilning iyulida ogohlantirgandi.

Yangiliklar lentasi
0