Asadga Putindan xabar yetkazmoqchi bo‘lgan general-polkovnik halok bo‘ldi

© Ministerstvo oboroni Rossiyskoy FederatsiiRossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh Boshqarmasi rahbari general-polkovnik Igor Sergun
Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh Boshqarmasi rahbari general-polkovnik Igor Sergun - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘arb nashrlarida yozilishicha, Rossiya HK Bosh shtabi rahbari o‘rinbosari general-polkovnik Sergun Vladimir Putindan Bashar Asadga xabar yetkazayotgan vaqtda o‘ldirilgan.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Bosh razvedka boshqarmasi direktori Igor Sergun o‘limi haqidagi xabarlarga izoh berishni to‘xtatdi. Ushbu hodisa yuzasidan Kreml pozitsiyasi ko‘p marotaba aytib o‘tildi, deb tushuntirish berdi u.

Bundan sal oldin livanning “Al-Axbar” nashri ishonchli manbaga tayangan holda, Sergun Beyrutda, mahfiy topshiriqni bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgani haqida yozgan edi. Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi rahbari o‘limida arab va Yaqin Sharq maxsus xizmatlari qo‘li bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlangan edi nashrda.

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh Boshqarmasi rahbari – Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari o‘rinbosari general-polkovnik Sergun Igor Dmitriyevich 3-yanvar kuni 59 yoshida bevaqt olamdan o‘tdi.

Bundan sal oldin Financial Times nashri G‘arb razvedka xizmati ma’lumotlariga tayangan holda, Igor Sergun 3-yanvar kuni Putindan Bashar Asadga xabar yetkazish uchun Damashqqa yuborilgani to‘g‘risida xabar bergan edi. Putin xabarda Asadga prezidentlikdan ketishni taklif qilgan, deb ta’kidlagan edi nashr. Sal keyinroq Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumotlarni rad etdi.

Yangiliklar lentasi
0