Ekspert: AQSh o‘zi yaratgan xavf haqida ogohlantirmoqda

© Commons.wikimedia / AgnosticPreachersKidAQSh Davlat departamenti
AQSh Davlat departamenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat departamenti ogohlantirishiga quloq tutsa arziydi, chunki ular ushbu mamlakatlarda ishlayotgan AQSh maxsus xizmatlari hisobotiga asoslangan, deb hisoblaydi ekspert.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. O‘rta Osiyo va O‘rta Sharq mamlakatlar bo‘yicha ekspert Aleksandr Knyazev O‘rta Osiyo mamlakatlarida terrorchilik xavfi borligini tasdiqladi.  

Ekspert so‘zlariga qaraganda, O‘rta Osiyoning barcha mamlkatlarida hukumatga qarama-qarshi nazarli yashirin kuchlar bor. Ular mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jamiyatdagi muammolar asosida.

“Ba’zi mamlakatlarda ushbu kayfiyatlar kuchliroq, boshqalarida zaifroq. Mening fikrimcha, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda xavf kuchliroq, Qozog‘iston va O‘zbekistonda vaziyat nazorat ostida, chunki ushbu mamlakatlarda xavfsizlik kuchlari yaxshi ishlaydi”, — dedi ekspert.

Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu mamlakatlarda AQSh razvedkasi xam uxlagani yo‘q. Hukumatga qarama-qarshi kayfiyatlar yaratish, diniy sohadagi qonunlarni erkinlashtirish, iqtisodiy va davlat organlari kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatish  – bularning hammasi mamlakat ichida terrorizm paydo bo‘lishiga olib keladi.

“AQSh Davlat departamenti tayorlanayotgan teraktlar haqida gapirganida, bunga albatta quloq tutish kerak. Chunki ular o‘zlari tashkil qilayotgan narsalar haqida gapiradi. Men bunday ogohlantirishga e’tibor bergan bo‘lar edim, lekin bu vahima qilish kerak degani emas, albatta”, deb yakunladi ekspert.   

Eslatib o‘tamiz, 3-mart kuni e’lon qilingan AQSh Davlat departamenti fuqarolarini dunyoning bir necha hududlari, jumladan O‘rta Osiyoda AQSh fuqarolariga qarshi qaratilgan tahlikalar haqida ogohlantirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0