Merkel: yevropalik rahbarlar Putindan Suriya hukumatiga ta’sir o‘tkazishni so‘rashdi

© REUTERS / Hannibal HanschkeAngela Merkel, Germaniya kansleri
Angela Merkel, Germaniya kansleri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Merkelning so‘zlariga qaraganda, suhbatda ishtirok etgan tomonlarning barchasi Suriyadagi siyosiy jarayon imkoni boricha tezroq boshlanishi lozim, degan fikrga kelishdi.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Fransiya, Germaniya, Britaniya, Italiya va Rossiya yetakchilari Suriyadagi vaziyat borasida muhokama o‘tkazdilar, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Bo‘lib o‘tgan telefon suhbati davomida Yevropa yetakchilari Suriyadagi mojaroga barham berish maqsadida, Rossiya prezidentini mamlakat hukumatiga ta’sir o‘tkazishga chaqirishdi, deb ta’kidladi Germaniya kansleri Angela Merkel.

Merkelning so‘zlariga qaraganda, suhbatda ishtirok etgan tomonlarning barchasi Suriyadagi siyosiy jarayon imkoni boricha tezroq boshlanishi lozim, degan fikrga kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Italiya rahbarlari ishtirokida konferens-koll o‘tkazildi. Suhbatda, asosan, Suriyada tinchlikni saqlash mavzusi ko‘tarildi. Vladimir Putin, Angela Merkel, Devid Kemeron va Fransua Olland ishtirokidagi suhbat Jenevada 9-martda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Suriyada tinchlik o‘rnatilishi muzokaralari oldidan o‘tkazildi.

 

Yangiliklar lentasi
0