Toshkentda ixtisoslashgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRossiyadan qaytayotgan migrantlar
Rossiyadan qaytayotgan migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir ish qidirayotgan aholi, yoshlar va xorijdan qaytgan migrantlarning ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. 3-4 mart kunlari Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qiladi «Gazeta.uz», O‘zbekiston Mehnat vazirligi axborot xizmati xabari asosida.

Tadbir vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan va ish qidirayotgan aholi, birinchi navbatda yoshlar, ayollar va nogironlar hamda xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatida bo‘lib qaytgan migrantlar hamda odam savdosi jabrdiylariga bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish imkoniyatini yaratish va ularning doimiy ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Yarmarkada 350 dan ortiq tashkilot va korxonalar 5000 dan oshiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashmoqda. Unda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul mansabdor shaxslari, jamoat tashkilotlari va banklar vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zining xususiy biznesini yuritish niyatida bo‘lganlar uchun imtiyozlar shartlarini tushuntirish va qisqa muddat ichida kredit ajratishga ko‘maklashish maqsadida 60 dan ortiq bank bo‘linmalari vakillari jalb etildi.

Bundan tashqari, yarmarkaga tashrif buyurganlar Mehnat vazirligi mutaxassislaridan fuqarolarning ish bilan ta’minlanishi hamda mehnat muhofazasiga oid qonunchilik yuzasidan barcha savollariga batafsil javob olish imkoniyatiga ega.

Mehnat yarmarkasi Mehnat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, prokuratura, IIBB, «Mahalla» fondining shahar bo‘limi va «Kamolot» harakati hamkorligida tashkil etilgan.

Yangiliklar lentasi
0