Moskva musulmonlari o‘ldirilgan qizaloq oilasiga yordam puli to‘plamoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMoskva Jome’ masjidida Qurbon bayram
Moskva Jome’ masjidida Qurbon bayram - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva Musulmonlari boshqarmasi juma namozi vaqtida, qotil-enaga tomonidan o‘ldirilgan qizaloq xotirasiga duo qilishdi.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiya Musulmonlar boshqarmasi Moskva hududida joylashgan masjidlarda dushanba kuni vahshiylarcha o‘ldirilgan qizoloq oilasiga xayriya mablag‘i to‘plash haqida e’lon qildi, tashkilot matbuot xizmati xabariga asosan.  

Rossiya Tergov qo‘mitasi xabariga xabariga ko‘ra, Moskvada dushanba kuni O‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova, to‘rt yoshli qizaloqni o‘ldirib, uyga o‘t qo‘yib chiqib ketgan.

“Qurbon bo‘lgan qizaloq oilasiga Moskva masjidlari qavmlari tomonidan to‘plangan xayriya mablag‘i topshiriladi”, — deyilgan xabarda.  

Xayriya to‘plash qurbon bo‘lgan qizaloq xotirasiga duo o‘qilganidan keyin boshlandi. Ushbu tadbir Rossiya musulmonlari qo‘mitasi raisi shayx Ravil G‘ayniddin tomonidan tashkil qilingan. Rossiya musulmonlari qo‘mitasi jabrlangan oilaga ta’ziya bildirdi.

Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, jinoyat sabablari o‘rganilmoqda, Boboqulovaning gij-gijlovchi sheriklari bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Shubha ostiga olingan kishilarning biri, bu uni ”estremistik islomiy g‘oyalarga” undagan oxirgi xushtori bo‘lishi mumkin.

Ayolning g‘ayrioddiy xulq-atvori uning ruhiy kasalligidan darak berishi mumkin. Buni aniqlash uchun sud uni darhol asab-ruhiy tekshiruvdan o‘tkazishni boshladi. Samarqand ruhiy kasalliklar shifoxonasi, ayolni bir necha yil davomida psixiatr nazorasti ostidan bo‘lganligini tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0