O‘zbek qizlari “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirlandi

© Sputnik / S. Lidov / Mediabankka o‘tishTurkmenskie devushki - uchashiyesya meditsinskogo uchilisha
Turkmenskie devushki - uchashiyesya meditsinskogo uchilisha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n to‘rt nafar qizlar o‘qish, adabiyot, madaniyat, san’at va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun sharafli Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofotdan tashqari ularga eng kam ish haqqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti ham berildi.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida O‘zbekistonlik o‘n to‘rt qizlar Zulfiya nomli davlat mukofoti bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.   

Zulfiya mukofoti laureatlari eng kam ish haqqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti ham olishdi. Xabarda aytilishicha, sharafli mukofot “takrorlanmas qobiliyat, zakovat, tashabbuskorlik, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va sport sohalaridagi alohida yutuqlari” uchun berilgan.

Oldinroq, Zulfiya nomli Davlat mukofoti laureatlari ishtirokida ijod kechasi Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tganini xabar bergan edik. Bugungi kunda 226 nafar qizlar Zurfiya mukofoti laureatlari bo‘lgan. Ulardan 8tasi Prezident stipendiyasi olganlar, 81 nafari – turli xalqaro mukofot olganlar, 8 kishi – viloyat, tuman Xalq deputatlari Kengashi a’zolaridir.

Yangiliklar lentasi
0