Afg‘on-tojik chegarasida jangarilar ushlandi

© Sputnik / Xushnud Raxmatullayev / Mediabankka o‘tishTojik-afg‘on chegarasida
Tojik-afg‘on chegarasida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘qqiz kishidan iborat qurollangan guruh Afg‘oniston hududidan Tojikistonga o‘tmoqchi bo‘lgan. Ulardan bir kishi yo‘q qilindi, uch kishi qo‘lga olindi.

 

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Tojikiston chegarachilari qurollangan guruhning uch jangarisini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti, Tojkiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Muhammad Ulug‘xo‘jayevning so‘zlariga asosan.

Uning so‘zlariga qaraganda, 5-mart kuni ertalab chegara buzgan qurolli guruhni yo‘q qilish operatsiyasi davom etmoqda. Jangarilardan Fasxiddin Qurbon isimli bir kishi yo‘q qilingan, yana biri yaralangan. “Chegara qo‘shinlari 7-mart ertalabdan boshlab Panj darosi bo‘ylab joylashgan orolchalarda “tozalash” ishlari olib bormoqda”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Afg‘oniston hukumati xabariga ko‘ra ushbu qurolli guruh “Tolibon” harakatiga qarashli bo‘lib, guruh rahbari — Arbob ismli sobiq kontrabandachi bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0