Qo‘ylik bozori qayta quriladi

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishQovun bozori
Qovun bozori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaliga mahsulotlarining ulgurji bozori bo‘lgan Qo‘yliq bozori, buzib tashlanib uning o‘rniga barcha qulayliklarga va tarnsport imkoniyatlarga ega bo‘lgan yopiq pavilon quriladi.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Poytaxt hokimiyati Toshkentning eng yiriq qishloq xujalik mahsulotlari bozorib bo‘lgan — Qo‘yliq bozoriga 2016-yilda 20 mlrd so‘m mablag‘ sarf qilib yangilashni rejalashtirgan, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga bozor ma’muriyati.

Yil oxirigacha Toshkent hokimiyati “Toshbozorsavdo” ushmasi bilan birgalikda Qo‘yliq bozorini qayta qurishning birinchi bosqichini yakunlashni rejalashtirgan. Rejaga qo‘ra oxirgi o‘n yil davomida ishlab kelgan ulgurji bozor buzib tashlanib, uning o‘rniga qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotishga ixtisoslashgan, zamonaviy yopiq gipermarket quriladi. 

“Biz allaqachon kerakli loyha va xomcho‘tlarni va yangi binoning asosiy ko‘rinishini tasdiqladik. Endi navbat moliya manbaini topishda. Shahar budjetidan tashqari ushbu loyihaga biror bankdan kredit mablag‘i ham olinadi. Hozirgi vaqtda “Xalq banki” bilan muzokarlar olib bormoqdamiz”, — dedi ma’muriyat vakili. 

O‘tgan yili o‘zbek delegatsiyasi Istambul va Anqaradagi bozorlarga tashrif buyurib ular bilan ish yuritish va bozor obyektlarini boshqarish borasida tajriba almashishgandi.

Yangi ulgurji bozor barcha qulayliklarga va transport imkoniyatlariga ega bo‘lgan yopiq pavilondan tashkil topgan bo‘ladi, katta yuk avmobillari uchun ikki maxsus kirish-chiqish joyi ko‘zda tutilgan.

Hozirg kunda barcha mahsulot katta yuk mashinalari oldida, yerga qo‘yib sotiladi. Yangi bino qurilgach, barcha mahsulotlar, magazinda bo‘lgani kabi, polka va stellajlardan sotiladi.

“Biz hozir bozorning bir qismini buzishni boshladik. Yozga yaqin ushbu ishlar tezlashtiriladi. Qurilish ishlari bozorning kundalik faoliyatiga xalal bermaydagan tartibda tashkil qilingan. Gpermarket binosi qurib bitkazilgach, kelasi yilda ulgurji bozor yonidagi chakana bozor binosi ham qayta quriladi”, — dedi ma’muriyat vakili.

Bo‘lajak bozorning yana bir xususiyati – sotuvchi sifatida mahsulot yetishtiruvchi fermerlarning o‘zini taklif qilish. Buning natijasida, orada olibsotarlar ulushi yo‘q qilinadi va mahsulot narxi tushadi. Bozorda fermer va dehqonlarga eng yaxshi o‘rinlar beriladi. Undan tashqari bozor yaqinidagi 260 o‘rinli mehmonxonani qayta qurish ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0