Sport

Mariya Sharapova doping qabul qilganini tan oldi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka oʻtishMariya Sharapova, Rossiyalik tennischi
Mariya Sharapova, Rossiyalik tennischi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mashhur tennischi, sogʻligʻiq muammosi tuyfayli Meldoniy ichganligini tan oldi va buning uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. Umumjahon dopingga qarshi qoʻmitasi WADA Sharapovani 12 martdan boshlab musobaqalarda qatnashishi vaqtincha toʻxtatilishini taʼkidladi.

TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova matbuot anjumani vaqtida, uning Avstraliya Ochiq chempionati vaqtida olingan qon analizida, taʼqiqlangan doping moddasi topilganini tan oldi, lekin, shu bilan bir vaqtda, Sharapova oʻzining sport faoliyatini bunday yakunlamasligini eʼlon qildi. Sportchi aytishiga qaraganda, sogʻligida muammo boʻlgani tufayli 2006 yildan boshlab u Mildronat dorisi ichgan.

“Menga birinchi marta uni 2006 yilda berishdi. Sogʻligimda, bir vaqtning oʻzida bir necha muammolar paydo boʻlgan edi. Organizmda magniy yetishmovchiligi muammosi paydo boʻlgan edi. Men tez-tez EKGdan oʻtardim. Bizning oilada bir necha yildan beri diabet kasalligi muammosi bor. Bu men ichgan koʻplab dorilarning biridir”, — dedi Sharapova.

Rossiyalik sportchi tushkunlikka tushmasdan oʻz sport karyerasini davom ettirishini taʼkidladi.

“Men ulkan xatoga yoʻl qoʻydim, oʻz muxlislarim va toʻrt yoshimdan sevib shugʻullangan sport ishonchini oqlamadim. Buning oqibatlari nima boʻlishini tushunaman, lekin oʻz sport faoliyatimni bunday usulda yakunlashni istamayman. Umid qilamanki menga ikkinchi imkoniyat berishadi. Bilaman, koʻpchillik bugun men oʻz sportchilik faoliyatimni yakunlashimni eʼlon qilishimni kutgandi. Shunday qilishni rejalashtirganimda, men ushbu qarorni Los-Anjelesdagi bunday xunuk gilamli mehmonxinada eʼlon qilmagan boʻlardim”, — dedi Mariya Sharapova.

Rossiyalik sportchi Katta Shlem turniridagi barcha musobaqalarda gʻolib chiqqan. 2004 yilda, 17 yoshida Sharapova Uimbldonda, dunyoning hozirgi birinchi raketkasi boʻlgan, Serena Vilyamsni yengib shov-shuvli gʻalaba qozongan edi. Undan keyin Sharapova US Open-2006, Australian Open-2008, "Rolan Garros" — 2012 va 2014 yillardagi musobaqalarda gʻalaba qozondi. Sportchi uchun faqat Olimpiada oʻyinlari choʻqqisi zabt etilmay qoldi.

Daily Telegraph gazetasi jurnalisti Oliver Braunning fikriga koʻra, agar Sharapova Meldoniyni oʻz natijalarini yaxshilash uchun isteʼmol qilgani maʼlum boʻlsa,  uni toʻrt yilga diskvalifikatsiya qilshlari mumkinligi aytdi.

Ushbu yangilikka Mariyaning baʼzi homiylari allaqachon oʻz munosobatini bildirdi. Sportchining koʻp yillik hamkori boʻlgan sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi oʻzining shartnomasini toʻxtatganini eʼlon qildi.

Meldoniy taʼqiqlangan dorilar roʻyxatiga 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab kiritildi. U “Gormonlar va metabolizm modulyatori” turdagi dorilardan boʻlib, musobaqalar va tayorgarlik  vaqtida qabul qilish taʼqiqlangan preparatlar roʻyxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0