Sport

Meldoniy yaratuvchisi, uning doping emasligini taʼkidlamoqda

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishTabletka dorilar ishlab chiqarish
Tabletka dorilar ishlab chiqarish - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning bir inecha yetakchi sportchilari, jumladan Mariya Sharapova, Yekaterina Bobrova va boshыalar oxirgi oy davomida WADA tomonidan Meldoniy qabul qilganlikda ayblanib, musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum qilindi.

TOSHKENT, 8 mar —Sputnik. Myeldoniy yaratuvchisi, Latviya Organik Sintez instituti direktori Ivars Kalvinsh ushbu dorini doping deb hisoblamaydi.

Frantsiyaning Le Monde nashriga bergan intervyusida, Kalvinsh ushbu dori, ulkan jismioniy zoʻriqish his qiladigan sportchilar organizmida yurak xuruji va mushaklarga zarar yetkishni oldini olish uchun xizmat qiladi. Ushbu dori sportchilarning jismoniy imkoniyatlarini yaxshilashiga hech qanday dalil yoʻq.

“Ilmiy nuqtai nazardan, Meldoniy sportchining jismoniy imkoniyatlarini susaytiradi, chunki u yogʻ kislotalarining oksidlanishini pasaytiradi. Ushbu dorini qabul qilayotgan sportchilar oʻz natijalarining yaxshilanishini kutmasligi kerak. Meldoniy sportchining tomir siqilishi natijasida mushaklarga va yurakka yetkizilishi mumkin boʻlgan zarani oldini oladi xolos. Bu sportchiga yutish imkonini bermaydi, faqat uning sogʻligini saqlab qoladi”, — dedi Kalvinsh.

Aynan ushbu sabaga koʻra bu dorini taʼqiqlangan dorilar roʻyxatiga kiritish mumkin emas, deb hisoblaydi Meldoniy yaratuvchisi.

“Sportchilar ham, har qanday odam kabi, oʻz sogʻligʻini saqlash huquqiga ega. Xususiyatlari ilmiy tasdiqlanmagan preparatni doping deb eʼlon qilish – bu katta professional xatodir”, — dedi Kalvinsh.

Mariya Sharapova, Rossiyalik tennischi - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Mariya Sharapova doping qabul qilganini tan oldi

Uning fikriga koʻra, bu goʻsht yeyishni taʼqiqlashga barobar: chunki goʻshtda karnitin moddasi bor boʻlib, u odam organizmida yogʻ kislotalarining oksidlanishini tezlashtiradi va shu bilan organizmda ortiqcha energiya ishlab chiqaradi.   

Meldoniy yaratuvchisining fikriga koʻra — ushbu  dorini qabul qilish uchun qoʻyilagan taʼqiq bekor qilinishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin tennischi Mariya Sharapova, figurali uchuvchi Yekaterina Bobrova, konki yuguruvchilari Semen Yelistratov va Pavel Kulijnikov  va Rossiyaning yana bir necha yetakchi sportchilari, qonida Meldoniy moddasi  topilgani munosobati bilan Umumjahon Dopingni Taʼqiqlash qoʻmitasi (WADA) tomonidan musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum qilingan edi.

Meldoniy taʼqiqlangan preparatlar roʻyxatiga 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala