Ekspertlar: Yaponiya Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirishga urinyapti

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishYaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bugun Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, Tojikiston uchun asosiy hamkorga aylangan. Ekspertlar fikriga ko‘ra, Yaponiya o‘zining bu harakati asnosida Xitoy bilan raqobat qilishga urinyapti.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Oxirgi paytlarda Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlarida o‘z ta’sirini sezilarli darajada kuchaytirdi. So‘nggi bir necha oy ichida yaponiyalik tadbirkorlar va Tojikiston hamda Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida imzolangan bir qancha shov-shuvli loyihalar buning yaqqol dalilidir.

Toshkentda Yaponiya elchixonasida grantlarni topshirish tadbiri. - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya 11 ta ijtimoiy loyiha uchun grantlar ajratdi

Gap faqatgina yirik bitimlar haqida bormayapti. Kichik loyihalar ham shular sirasiga kiradi. Misol tariqasida, Tojikiston dzudo federatsiyasi rivoji uchun Yaponiya tomonidan 90 ming dollar ajratilishini olaylik. Albatta, bu xamir uchidan patir deganlaridek, bundan-da yirik loyihalar ham bor.

Chorshanba, 9-mart kuni, Yaponiyaning Tojikistondagi vaqtinchalik elchisi Takashi Kamada va BMTning narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mital “Xatlon viloyati chegarasini qo‘riqlashni kuchaytirish” loyihasi borasida nota imzolashdi.

Ushbu loyihani hayotga tatbiq etish uchun Yaponiya hukumati Tojikistonga 2,2 mlrd AQSh dollari ajratsa, Qirg‘iziston hukumati “Manas” xalqaro aeroporti texnik jihatdan ta’minlanishi uchun kun chiqar mamlakatdan 16 mln dollar oladigan bo‘ldi.

"Yaponiyani faqatgina Tojikiston qiziqtiradi, deb bo‘lmaydi. Yaponlar uchun butun Markaziy Osiyo muhim ahamiyatga ega. Ular shu yerda tomir otmoqchi. Shunchaki, Tojikiston ushbu mintaqa markazi hisoblanadi. Bundan tashqari, Janubiy Xitoy dengizi borasida vujudga kelgan muammolar, ya’ni manfaatlar to‘qnashuvini ham inobatga olish kerak. Ayniqsa, Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi to‘qnashuvni. Endilikda bu ikki davlat Markaziy Osiyoda raqobatlashishga o‘tdi”, — deb ta’kidladi Sputnik Tojikistonga Geosiyosiy muammolar akademiyasi vitse-prezidenti Vladimir Anoxin.

Anoxinning so‘zlariga qaraganda, Yaponiya o‘z ko‘magi uchun Tojikiston hukumati va mintaqadagi boshqa davlatlardan ma’lum imtiyozlarga ega bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. “Balki, Markaziy Osiyo mamlakatlari Yaponiyaga tabiiy qazilmalar konlariga yo‘l ochib berar”, — deya taxmin qildi ekspert.
Ammo Moskva Strategik baholash instituti prezidenti Aleksandr Konovalov Yaponiya hatti-harakatini geosiyosat sifatida baholanmasligi kerak, degan fikrni ilgari surmoqda.

"Bu Yaponiya uchun yaxshigina biznes. U katta bozorni egallab olmoqchi, xolos. Yaponiya yuqoritexnologiyaga oid kompaniyalarga boy, ular uchun yangi iste’molchilar havodek zarur, Xitoy tomondan bo‘layotgan raqobat esa Yaponiyani yashin tezligida qaror qabul qilishga majbur etmoqda", — ta’kidladi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Tojikistondagi vaqtinchalik elchisi Takashi Kamada kuni kecha Tokio va Dushanbe o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar qay darajada muhimligini ta’kidlab, Yaponiya hukumati bundan keyin ham Tojikiston respublikasi aholisiga yaqindan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Dushanbe shahrida o‘tkazilgan tadbirda Yaponiya hukumati Tojikistonga beg‘araz yordam dasturi asosida 6ta yangi loyihani amalga oshirish uchun 535 ming dollar moddiy yordam ko‘rsatdi.

Yangiliklar lentasi
0