Suriya operatsiyasi. Yakunlar

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya HKKga qarashli Tu-160 raketatashuvchi-bombardimonchisi
Rossiya HKKga qarashli Tu-160 raketatashuvchi-bombardimonchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olti oylik harbiy harakatlardan so‘ng Rossiya HKKning asosiy qismi Suriyani tark etdi. Ushbu qaror rasmiy Damashq bilan kelishgan holda qabul qilindi. Quyida yarim yil davom etgan Rossiya harbiy kampaniya natijalari tahlilini e’tiboringizga havola qilamiz.

TOShKENT, 15 mar – Sputnik, Aleksandr Xrolenko. Rossiya qo‘shinlari asosiy qismi Xmeymim aviabazasidan olib chiqilishi favqulodda yoki tasodifan yuzaga kelgani yo‘q. Suriya davlatining “Islom davlati” bilan kurashda yuksak natijalarga erishganini, Rossiya HKK oldiga qo‘yilgan maqsadlarga to‘liq amalga oshganini, oppozitsiyachilar bilan muzokaralar o‘tkazishga erishilganini, qolaversa, Jenevada o‘tkazilayotgan tinchlik muzokaralarini shu olti oylik operatsiya natijasi sifatida ko‘rsatish mumkin, RIA Novosti.

Suriyaning Xmeymim aerodromida Rossiya harbiy guruhi - Sputnik O‘zbekiston
Putin qo‘shnlarini Suriyadan olib chiqishga buyruq berdi

Ya’ni, qo‘shinlarning chiqarilishi – rejali amalga oshirildi.

14 mart kuni Kremlda o‘tkazilgan uchrashuvda Vladimir Putin quyidagicha ta’kidladi: "Bizning Tartusdagi dengiz bazamiz, Xmeymim aerodromidagi aviatsiya bazamiz – avvalgidek tartibda faoliyat olib boradi. Ular quruqlikda, dengizda va havoda ishonchli himoyalangan bo‘lishi lozim”.

Bundan tashqari, Suriya hukumatidan olgan barcha majburiyatlarni to‘liq ado etadi: ya’ni, Bashar Asad boshchiligidagi hukumatga qurol-aslaha, harbiy texnikalarni yetkazib berib, suriyalik harbiy mutaxassislarni o‘qitadi. Rossiya tomonidan tashkil qilingan tinchlik o‘rnatish bo‘yicha koordinatsiya markazi ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Nimalar amalga oshirildi?
Rasmiy Damashq talabiga ko‘ra, Rossiya o‘tgan yilning kuzida Suriyada turli kuch va vositalardan iborat, son jihatdan kichik, ammo o‘ta samarali harbiy uyushmani tashkil qildi. Suriyaga eng qudratli hisoblangan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi – S-400 olib kirildi. Rossiya Suriyadagi harbiy harakatlarda XXI asrda birinchi bo‘lib, uzoq masofaga mo‘ljallangan strategik raketatashuvchi aviatsiyani samarali qo‘lladi.
Besh yarim oy mobaynida to‘qqiz mingdan oshiq parvozlar amalga oshirildi. Rossiya HKK aviatsiyasi 2000dan ziyod terrorchilarni yo‘q qildi.
Rossiya HKK harbiylari ishtirokida Suriya qo‘shinlari 400ta aholi yashovchi punktlarni terrorchilardan ozod etishga muvaffaq bo‘ldi, barcha yo‘nalishlarda tashabbusni o‘z qo‘llariga oldilar, tinchlik o‘rnatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.
Rossiya harbiy yutug‘i o‘laroq, Suriya hukumati qo‘shinlari va oppozitsiya kuchlari o‘rtasida otishmalar to‘xtatildi.
Bundan tashqari, Suriyadagi hamkorlik o‘laroq, Eron va Rossiya harbiy-texnik sohada hamkorlikni mustahkamlab oldi.
Rossiyaning Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqib ketishi, tinchlik jarayoni boshlanishini tezlashtiradi. Tan olish joiz, 2015-yilning kuzida G‘arb bizga “Ikkinchi Afg‘onistonni yuzaga keltirishimiz mumkinligi” haqida bashorat qilgan edi. Rossiya Yaqin Sharqni bosib olishga intilyapti, degan ayblovlarni ham eshitgan edik. Rossiya HKK erishgan yutuqlar, qo‘shinlarning Suriya hududidan olib chiqib ketilishi — Rossiya ushbu mintaqada qay darajada samarali va beg‘araz siyosat yuritganini yaqqol isbotlamoqda.

Moskva Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qildi

Agar AQShning Afg‘onistondagi operatsiyalarini yoki Iroqdagi harakatlarini esga oladigan bo‘lsak(to‘liq barbod qilingan Liviyani hisobga olmay turib) Rossiyaning Suriyadagi tajribasi ancha optimistik ko‘rinishini tan olishdan boshqa iloj qolmaydi.
Aytgancha, 13-yil mobaynida Afg‘onistonda uch mingdan ziyod xalqaro kontingent harbiy xizmatchilari halok bo‘lishdi, ammo ushbu qurbonlar toliblar faolligi, narkotrafik jadalligi, fuqarolar urushi potensialiga zarracha bo‘lsada ta’sir ko‘rsatmadi.
Umuman olganda, bu ikki vaziyatni qiyoslashimiz unchalik to‘g‘ri ham emas.
AQSh va NATOdan farqli o‘laroq, Rossiyaning Suriyadagi ishtiroki qonuniy edi. Rossiya Suriyadagi harbiy operatsiyalarni mamlakatning qonuniy prezidenti Bashar Asad talabiga asosan amalga oshirdi. Ya’ni, Moskva mavjud SAR davlatini allaqanday o‘ylab topilgan standartlar qobig‘iga haydab kiritishga harakat qilmadi, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi tavofut mana shunda.

Rossiya buzmadi, aksincha, himoyaladi.

"Ikkinchi Afg‘on" vujudga kelmadi. Shaxsiy tarkibda ham yo‘qotishlar bo‘lmadi, deb baralla aytish mumkin edi, agar o‘z kuchini keraksiz joyda namoyish qilishni xohlab qolgan Turkiyaning xoinona harakati bo‘lmaganida.
Boshqa borada Rossiya HKK Rossiya armiyasining naqadar tartib-intizomli va uyushqoq ekanligini namoyish etdi. O‘tgan vaqt mobaynida yirik ChP holatlari sodir bo‘lmadi. Dushman tomon har bir harakatimizni kattartirib ko‘rsatadigan lupa orqali sinchiklab o‘rganib borganini hisobga oladigan bo‘lsak, erishgan natijalarimizdan faxrlanishimiz mumkin.
Kampaniya yakuni sifatida yana nima deyish mumkin? O‘tgan yilning yoz oyida deyarli ko‘milishga tayyor bo‘lgan Suriya, avvalgidek suveren davlat maqomini saqlab qoldi. Suriya bugun BMTga a’zo-mamlakatlar singari haq-huquqlarga ega.
Bugun, hatto Bashar Asad dushmanlari, mamlakatni boshqara oladigan boshqa nomzod yo‘qligini tan olib turibdi. Rossiya esa bu gapni allaqachon aytib bo‘lgan edi.

Suriya prezidenti Bashar Asad. - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: “Qanday prezidentligimni Suriya xalqi hal qiladi. Yevropaliklar emas”

Xullas, Rossiya HKK o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni to‘lig‘icha bajardilar. Endi suriyaliklar mamlakat ichki siyosatida muammolarni bartaraf etish uchun boshlangan ishga nuqta qo‘yishlari kerak. Vaqt keldi. Jenevada bo‘lib o‘tadigan tinchlik muzokaralari yakuni qanday bo‘lar ekan, ko‘ramiz.
Rossiya HKK Suriyadan olib chiqib ketilishi Oq uy uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Bu qaror AQShni sarosimaga solib qo‘ydi, deb aytish mumkin. AQSh hukumati rahbarlari Vladimir Putinning Suriya bo‘yicha qabul qilgan yangi qarori haqida oldindan ogohlantirish olmagan edi.
Shu bois, Moskvaning kutilmagan bayonoti ularni bag‘oyat taajjubga soldi. Lekin nima uchun Moskva Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishini uchinchi davlatlar bilan kelishgan holda amalga oshirishi kerak ekan?
So‘ngso‘z o‘rnida.
Agar shunga zarurat tug‘ilsa, Rossiya istalgan vaqtda Suriyada o‘z HKKni olib kirishi va o‘stirishi mumkin. Buning uchun Federatsiya Kengashining yangi qarori talab etilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0