Hodisalar

Pokistonda avtobus portlashi natijasida 15 kishi qurbon boʻldi

© AFP / ARIF ALI Pokiston politsiyasi
Pokiston politsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Teraktda qurbon boʻlganlarning bari davlat xizmatchilari boʻlgan. Dastlabki xabarlarga koʻra, bomba avtobus ichiga oʻrnatilgan boʻlgan.

TOSHKENT, 16 mar —Sputnik. Pokiston shimoli-gʻarbida avtobus portlashi natijasida kamida 15 davlat xizmatchisi qurbon boʻldi, RIA Novosti Reyter agentligi xabari asosida.

Mahalliy politsiya xabariga koʻra, terakt chorshanba kuni ertalab, Mardan shahridan Xayber viloyatining maʼmuriy markazi Peshavar shahriga ketayotgan avtobus ichida sodir boʻlgan. Politsiya xabariga koʻra 15 kishi qurbon boʻlgan, oʻnlab odamlar jarohailangan.

Pokistonning Dawn nashri xabariga koʻra, portlovchi moslama avtobus ichiga oʻrnatilgan boʻlgan.

Hozircha, ushbu terakt uchun javobgarlikni hududdagi terrorchi tashkilotlarning hech biri oʻz boʻyniga olgani yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala