Jamiyat

Yevropa va amerika aholisining uchdan biri Qrim Rossiyaga tegishli deb hisoblaydi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Fotobankka oʻtishRossiyaning Yalta shahri
Rossiyaning Yalta shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Soʻrov Sputnik axborot agentligi uchun Populus va IFop izlanishlar kompaniyalari tomonidan oʻtkazilgan.

 

TOSHKENT, 16 mart, Sputnik matbuot xizmati.  "Sputnik.Mneniya" soʻroviga asosan, AQSH, Gollandiya, Angliya, Frantsiya, Germaniya va Italiya aholisining uchdan biri —  Qrim Rossiyaga tegishli deb hisoblaydi.

“Qrim Rossiyaga tegishlimi?”, — degan savolga Italiyaning 39 % va Germaniyaning 37% aholisi Qrim Rossiyaga tegishliligiga ishonch bildirishgan. Buyuk Britaniya va Niderland mamalkatlarida ushbu koʻrsatkich 33 % va 32 % ni tashkil qildi. AQSH va Frantsiyada Qrim Rossiyaga tegishli deb hisoblaydiganlar soni 26% ni tashkil qildi. Shu bilan bir vaqtda AQShda  “bilmayman” deb javob berganlar soni – 42 %ni tashkil qildi.    

2016 yilning 4-9 martida AQSH, Buyuk Britaniya va Niderdland mamlakatlarida Populus kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan. Unda 18 yoshdan katta boʻlgan 3092 kishi qatnashgan. Italiya, Frantsiya va Germaniyada soʻrov 8-10 martda tajribali IFop kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan. Soʻrovda yoshi 18 dan katta boʻlgan 3001 kishi qatnashgan. Soʻralganlar jinsi, yoshi, turar joyi va mutaxassisligiga qarab tanlangan. Xatolik ehtimoli 3,1 %, ishonchlilik ehtimoli 95% ni tashkil qildi.

“Sputnik.Mneniya” — jamoatchilik fikrini oʻrganishga qaratilgan ushbu xalqaro loyiha 2015 yil yanvarida oʻz ishini boshladi. “Sputnik. Mneniya”ning soʻrovlar oʻtkazish boʻyicha hamkori Britaniyaning Populus va Frantsiyaning IFop izlanishlar kompaniyalari. “Sputnik. Mneniya” doimiy ravishda AQSH va Yevrpa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar boʻyicha aholi fikrini oʻrganish bilan shugʻullanadi.  

Sputnik (sputniknews.com) – xalqaro axborot agentligi boʻlib, dunyoning oʻnlab mamlakatlarida oʻzining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik oʻz ichiga internet sahifalari, analogli va raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala