Jamiyat

Ekspert: migrantlarga 10 ming rublga majburiy sugʻurta sotish – bu ulardan surbetlarcha foydalanishdir

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSaxarovo qishlogʻidagi Migratsiya markazi
Saxarovo qishlogʻidagi Migratsiya markazi - Sputnik Oʻzbekiston
“Dobrososedstvo” fondining rivojlanish direktori Yuriy Moskovskiyning fikriga koʻra, tibbiy sugʻurta sotib olishga puli boʻlmagan Oʻrta Osiyolik migrantlar Rossiyaga kelishdan voz kechadi yoki ushbu qonunni aylanib oʻtish yoʻlini izlaydi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik, Mariya Sheludyakova. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Rossiyaga kelayotgan barcha chet elliklarga majburiy tibbiyot sugʻurta polisi olishni taklif qilmoqda. Hozir ushbu qonun loyihasi muhokama qilinmoqda, kuchga kirgan taqdirda, u oʻn milliondan ortiq chet el fuqarolarining hayotiga taʼsir koʻrsatadi.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi taklif qilgan tibbiy sugʻurta qoplaydigan mablagʻi 2 mln rubldan ortiq boʻlib, tez yordam xizmati koʻrsatishni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Cugʻurta kompaniyalari fikricha ushbu polis narxi 10 ming rubldan qimmat boʻladi.

Rossiya qonunchiligiga binoan, Rossiyada ishlayotgan migrantlar hozir ham tibbiy sugʻurtaga ega boʻlishi kerak, lekin uning qiymati va muddati aniq belgilanmagan. Patent asosida ishlayotgan MDH fuqarolari tibbiy sugʻurtaga oʻrtacha narxi 5,5 ming rublni tashkil qiladi.

"Dobrososedstvo" xalqaro aloqalarni rivojlantirish fondi direktori Yuriy Moskovskiy,  Sputnik ka xabar berishicha, bunday choralar katta muammolarga olib keladi, chunki “oyiga 20 ming rubl oylik olayotgan odam uchun 10 ming sugʻurta puli toʻlash  amri mahol boʻladi”, — dedi u.  

“Har bir narsa mantiq chegarasida boʻlishi kerak. Ushbu qonun tufayli ular yo Rossiyaga kelishdan voz kechadi yoki qonunni aylanib oʻtish yoʻlini izlaydi”, — dedi migratsiya eksperti.

Moskovskiyning fikriga koʻra, ushbu choralar “eng kambagʻal aholi hisobidan” davlat byudjetini toʻldirishga qaratilgan. Bunday hatti harakatlar Rossiyada ishlayotgan fuqarolarning oyligi pastligining sababidir. “Bu migrantlardan surbetlarcha foydalanish. Menimcha bu notoʻgʻri”, — dedi u.  

Ekspertning fikriga koʻra, Rossiyada ishlayotgan migrantlar, ularning barchasida tibbiy polis boʻlishiga qaramasdan, kamdan-kam hollarda undan foydalanishadi.

“Migrantlarning asosiy qismi asosan ish bilan mashgʻul va kamdan-kam hollarda shifokorga murojaat qilishadi. Bu maʼnoda, ular rossiyaliklarga oʻxshaydi — kasallik yiqitmaguncha ishlayverishadi. Hammasi qonun tafsilotlariga bogʻliq. Ayni vaqtda ushbu qonun aynan qanday migrantlarga taaluqli ekanligi ham nomaʼlum”, — dedi Moskovskiy

Rossiya Federal Migratsiya xizmati xabariga koʻra 2016 yilning 4 mart holatiga Rossiya hududida 348 ming Qirgʻiziston, 863 ming Tojikiston, 625 ming Qozogʻiston, 24 ming Turkmaniston va 1,7 mln Oʻzbekiston fuqarolari bor. Ekspertlar fikriga koʻra – 10 ming soʻm Oʻrta Osiyo mamlkatlaridan kelgan migrantlar uchun katta mablagʻ.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala