Rossiya Iroq qurdlariga zenit qurollari yetkizib berdi

© Wikipedia / Serge SerebroZU-23-2, zenit o‘qotar moslamasi
ZU-23-2, zenit o‘qotar moslamasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurollar Iroq Qurdistoni harbiy kuchlari – peshmergega 14-mart kuni Iroqning Rossiyadagi elchisi va peshmerge bosh shtabi qo‘mondoni o‘rinbosari ishtirokida topshirildi.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiya Iroq Qurdlariga qurol yetkizib berdi. Besh zenit o‘qotar moslamasi “ZU-23-2” Iroq Qurdistoni harbiy kuchlari – peshmergega 14-mart kuni topshirildi, RIA Novosti xabari asosida.    

“Besh zenit o‘qotar moslamasi va 20 ming snarad, Iroq Qurdistoni qurolli kuchlari – peshmergega yetkizib berildi. Qurollar Iroqning Rossiyadagi elchisi, Rossiya bosh konsuli va peshemerge Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari ishtirokida topshirildi”, — dedi Arter Grigoran, Rossiya konsulligi attashesi Artem Grigoran.  

Grigoraning so‘zlariga qaraganda, peshmergega qurol yetkizib berish rasmiy Bog‘dod bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda. Rossiyaning Bog‘doddagi elchisi Ilya Morozov 13-mart kuni Iroq Qurdistoni prezidenti Masud Barzani bilan uchrashgan va Rossiyadan qurol yetkizib berishni muhokama qilgan.

Qurollar topshirilganidan keyin Rossiya elchisi: “Bu oxirgi partiya qurol emas. Rossiya ushbu qurol yordamida peshmerge va Iroq qurolli kuchlari IDni yengishiga umid qiladi”, — dedi elchi.

23 millimetrli zenit o‘qotar moslamasi ZU-23-2 aslida 1500 metr balandlikda va 2500 metrgacha  uzoqlikda bo‘lgan uchuvchi obyektlarga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan. Asosan havo hujumidan himoya qilishga mo‘ljallangan qurol ba’zan dushmanning yengil himoyalangan piyoda qo‘shinlariga va zirhli avtomobillariga qarshi hujum uchun ham ishlatilishi mumkin.

Kerak bo‘lganda, ZU-23-2 samolyotdan parashut yordamida desantirovka qilinishi mumkin. Zenit moslamasining to‘plari katta burchaklarga buralish imkniga ega bo‘lgani tufayli tog‘ sharoitida olib borilayotgan janglarda hujum va himoya uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 1990-yillarda Checheniston urushi vaqtida ZU-23-2 tog‘ urushida o‘zini smarali qurol sifatida namoyish qildi.

© Wikipedia / Vitaly V. KuzminZenitnaya ustanovka ZU-23/30 M1-3 na Dne Innovatsiy MO RF
Zenitnaya ustanovka ZU-23/30 M1-3 na Dne Innovatsiy MO RF - Sputnik O‘zbekiston
Zenitnaya ustanovka ZU-23/30 M1-3 na Dne Innovatsiy MO RF
Yangiliklar lentasi
0