Eron “Yandeks”ni blokirovka qildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tish"Yandeks" kompaniyasining ofisi
Yandeks kompaniyasining ofisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron maxsus xizmati yandex.com saytini, boshqa ko‘plab saytlar qatori “islom qadriyatlarga javob bermaydigan” kontent uchun blokirovka qildi.

 

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Eronda "Yandeks"ning xalqaro saytini blokirovka qildi, RIA Novosti "Kommersant" nashri xabariga asosan.

Yandex.com sayti blokirovka qilingani tufayli Yandeksning Ukrainadagi, Beloressiyadagi, Qozog‘istondagi va Turkiyadagi saytlariga kirishning iloji yo‘q. Ushbu cheklanishlar Yandeksning yandex.ru kabi hududiy saytlariga kirishni berkitmagan.

Rossiyada eng ommaviy internet qidiruv tizimi bo‘lgan Yandeks, ushbu yangilikka xotirjam munosobatda bo‘lishdi. Ular aytishicha “Eron — Yandeksni qiziqtirgan asosiy bozorlardan emas”.

Rossiyaning Tehrondagi press-attashesi Maksim Sulov aytishiga qaraganda, yandex.com haqiqatdan ham blokirovka qilingan. “Eron tomoni fikriga ko‘ra, u yerda islom qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar bor. Lekin yandex.ru ishini davom ettirmoqda”, — dedi u.

“Eronda saytlarni ko‘zdan kechiradigan maxsus xizmat bor. Biror manbaani blokirovka qilish haqidagi qarorni o‘shalar qabul qiladi”, — dedi diplomat. Uning so‘zlariga qaraganda hozirgi kunda Eronda Facebook, Twitter, "VKontakte"  ijtimoiy tarmoqlari blokiriovka qilingan. Shunga qaramasdan, fuqarolar VPN serverlari orqali ushbu cheklovlarni aylanib o‘tadi.

Hukumatga yaqin bo‘lgan manbaaning aytishiga qaraganda, Yandeksni blokirovka qilish haqidagi qaror Eron hukumatning yuqori darajasida muhokama qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0