Atambayev o‘z xalqini millatchilik qilmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan sal oldin respublikaning Jalolobod viloyatidagi bir necha aholi yashovchi punktlarda oppozitsiyachilar tomonidan namoyishlar o‘tkazilgan edi. Shu voqealardan so‘ng, Qirg‘iziston prezidenti odamlarni millatchilik qilmaslikka, regionlarga bo‘linmaslikka chaqirdi.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat janubida istiqomat qiluvchi aholini etnik to‘qnashuvlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka, birdamlikni saqlashga va ig‘vogarlar gapiga chuv tushmaslikka dav’vat qildi, deb xabar qildi chorshanba kuni Qirg‘iziston rahbari matbuot-xizmati.

Jaloloboddagi holat - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda yuzlab odamlar norozilik namoyishiga chiqdi

2010 yilning iyun oyida Qirg‘iziston janubida regionda istiqomat qiluvchi o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida etnik mojaro yuz bergan edi. Fojianing uch kunida O‘sh va Jalolobod viloyatlarida 500ga yaqin kishi halok bo‘ldi, bir necha ming kishi jarohatlandi, yana 500 mingga yaqin kishi o‘z turar-joyini tark etib, qochoqqa aylandi. O‘tgan yillar mobaynida ommaviy tartibsizlik tashkilotchilari va ishtirokchilari bir necha marotaba sudga tortildi, ko‘pchilik turli muddatga  ozodlikdan mahrum etildi, ayrimlarga sirtdan jazo tayinlandi.
Dushanba kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yuzlab kishilar ishtirokida oppozitsiyachilar tomonidan mitinglar o‘tkazildi.
Avvaliga, mitinglar, barcha viloyat markazlarida va respublikaning bir qator shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo keyin Norin, Talos va Issiq-Ko‘l tumanida namoyishlar bekor qilindi. Natijada, oppozitsiyachilar o‘z tarafdorlarini faqat bitta viloyatda — Jalolobod shahrida ko‘chaga chiqara oldilar. Shuningdek, Aksi qishlog‘i va Kerben shahrida ham kichik namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston IIV matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, miting ishtirokchilari iqtisodiy-ijtimoiy mazmundagi talablarni qo‘yish bilangina cheklanmagan, ular jamoatchilikni qo‘zg‘atadigan uydirma gaplarni aytib chiqqan.

"So‘nggi 30-40 yil davomida O‘sh shahrida bir nechta fojiaviy hodisalar ro‘y berdi. Bunday voqealar takrorlanishiga, odamlarning millatlarga yoki regionlarga bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar biz fitnalarga uchadigan bo‘lsak, shahar rivojlanmaydi", — dedi  Atambayev O‘sh shahriga uyushtirgan ish safari davomida. Atambayev shuningdek, O‘sh — mamlakatning eng ko‘hna shaharlaridan biri ekanligi va qirg‘iz xalqi u bilan haqqoniy faxrlanishini ta’kidlab o‘tdi.

Qirg‘iziston prezidenti, birdamlik va totuvlik saqlangan taqdirda, Qirg‘izistonning kelajagi buyuk bo‘lishiga  ishonch bildirdi. "Bizning xalq birlikni saqlab qololdi, biz o‘z rivojlanish yo‘limizni topdik, va undan adashmasak, ulkan yutuqlarga erishamiz”, — dedi Atambayev. Atambayev janubiy regionlardagi ijtimoiy muammolar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topayotganiga, regionda yo‘llar va maktablar qurilishi rejalashtirilganini aytib ishontirdi.
Atambayevning so‘zlariga qaraganda, Qirg‘iziston so‘nggi yillar davomida iqtisodiy sohada muhim yutuqlarga erishdi. "Qirhiziston iqtisodiyoti bir necha yil oldin o‘ta ayanchli ahvolda edi, ammo biz bu vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik. Korrupsiyaga qarshi kurash tufayli, mamlakat budjeti daromad qismi oshdi. Agar erishgan yutuqlarimizni saqlab qololsak, Qirg‘iziston gullab-yashnaydi", — deb o‘z nutqiga chkun yasadi mamlakat rahbari.

Yangiliklar lentasi
0