Siyosat

Oʻzbek-qirgʻiz chegarasi nima sababdan yopilgani maʼlum boʻldi

© IA "Jaxon"Oʻzbekiston armiyasi harbiy xizmatchilari.
Oʻzbekiston armiyasi harbiy xizmatchilari. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston chegara xizmati “Dostuk” va "Madaniyat” nazorat oʻtkazish punktlarini Qirgʻiziston fuqarolari uchun yopdi. Ushbu chora-tadbirlar “Navroʻz” bayrami oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgani taʼkidlanmoqda.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari “Navroʻz” bayrami oldidan Davlat chegarasini qoʻriqlash borasida tadbirlarni kuchaytirdi, shu jumladan, Qirgʻiziston bilan ham chegarada qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrildi, deb xabar qildi  Sputnik muxbiriga Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi matbuot-xizmatida.

BTR - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qirgʻiziston chegara xizmati: Oʻzbekiston Qirgʻiziston bilan chegarada BTRlarni joylashtirdi

Sanab oʻtilgan harbiy texnikalarning barchasi Oʻzbekiston hududida joylashtirilgan, davlat chegarasini qoʻriqlash chora tadbirlari esa ikkiyoqlama kelishuvlarga muvofiq, belgilanmagan chegaraga kirilmagan tartibda amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi matbuot-xizmati.

 

"Juma kuni, yaʼni 2016 yil 18 mart sanasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan taʼmirlash ishlari munosabati bilan “Madaniyat” xalqaro chegara punkti faoliyati bir tomonlama tartibda toʻxtatildi. Bu haqda Qirgʻiziston tomon belgilangan tartibda chegara xizmati apparati liniyasi boʻyicha oʻz vaqtida ogohlantirildi", — deb xabar berdi Sputnikka Davlat MXX davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Davlat MXX davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi shuningdek, ikki mamlakat chegara muassasalari oʻrtasidagi munosabatlarda muammolar paydo boʻlmasligi uchun qirgʻizistonlik hamkasblarini haqiqatdan yiroq boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqirmoqda.

Bundan sal oldin Qirgʻiziston chegara xizmati Oʻzbekiston Qirgʻiziston bilan belgilanmagan chegaraga yaqiniga ikkita bronetransporter va KamAZ rusumidagi ikkita yuk mashinasini olib kelib qoʻydi, deb xabar qilgan edi. Qirgʻiz-oʻzbek chegarasi yaqiniga Oʻzbekistonning 40ga yaqin harbiy xizmatchilari olib kelingani ham aytilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala