Jamiyat

Toshkentda “Joʻrabek” jome masjidi qurilishi boshlandi

Toshkent shahrida 18 mart kuni “Joʻrabek” jome masjidining yangi binosi qurilishi uchun birinchi gʻisht qoʻyildi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. 18 mart kuni Toshkent shahrida “Joʻrabek” jome masjidining yangi binosi qurilishi uchun birinchi gʻisht qoʻyildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi.

Tadbirda qatnashgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida taniqli ulamolar va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha Qoʻmita boʻlim boshligʻi Muhammadbobur Yoʻldoshev hamda faxriy imomlar masjidning birinchi gʻishtini qoʻyib berdilar.

Yashnobod tumanida joylashgan “Joʻrabek” jome masjidining yangi binosi xonaqohi 650 oʻringa moʻljallangan. Masjid bitta minora, gumbaz va muhtasham ayvonlardan iborat loyiha chizmasi asosida barpo etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala