Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada o‘z BTRlarini joylashtirdi

© Sputnik / Yaroslav Roshupkin / Mediabankka o‘tishBTR
BTR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada, O‘zbekiston harbiy texnikalari qarshisida o‘z BTRlarini joylashtirdi. “Aholi o‘rtasida, bu provokatsiya oldi olinishi uchun amalga oshirilayotgani haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda”, deb ta’kidladi Qirg‘iziston chegara xizmati rahbari Rayimberdi Duyshembiyev.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Chegarada, O‘zbekiston harbiy texnikalari ro‘parasida Qirg‘iziston o‘zining ikkita bronetransportorini joylashtirdi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati boshlig‘i Rayimberdi Duyshembiyev, Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi holat. - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston TIV O‘zbekistondan blokpostlarni zudlik bilan olib tashlashni talab qilmoqda

Kuni kecha Qirg‘iziston chegara xizmati Jalolobod tumanidagi Ola-Buqin tumanida O‘zbekiston chegarachilari belgilanmagan qirg‘iz-o‘zbek chegarasida ikkita bronetransporter olib kelib qo‘yishgani haqida xabar qilgan edi. Bundan tashqari, chegarada 40ga yaqin harbiylar ham navbatchilik qilmoqda, “Madaniyat o‘tkazish punkti to‘liq yopilgan, deya xabar bergan edi. Bunga javoban O‘zbekiston Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi ushbu chora-tadbirlar “Navro‘z” bayrami oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotganini aytgan edi.

Dushembiyevning so‘zlariga qaraganda, ayni vaqtda fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. “Aholiga, ular turli provokatsiyalarga uchmasliklari lozimligi tushuntirilmoqda”, — dedi u.

"Mahalliy aholi chegaraning ushbu qismidan hech bir muammosiz o‘tmoqda. Odamlarning to‘planishi holati yuz bergani yo‘q. Faqatgina ikkita davlat chegarasilarini aytmaganda”, — qo‘shimcha qildi Duyshembiyev.

Qirg‘iziston chegara xizmati boshlig‘i so‘zlariga qaraganda, chegaradagi vaziyat tinch. Ikkita davlatdan 20tadan harbiy xizmatchi chegarada navbatchilik qilib turishibdi.

Yangiliklar lentasi
0