Istanbul markazida portlash ro‘y berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishTerakt
Terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istanbulning eng odam gavjum ko‘chalaridan biri - sayyohlarning sevimli joyi bo‘lmish Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash yuz berdi. Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi nobud bo‘lgan, 20dan ziyod odam jarohat olgan.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Portlash shanba kuni Misr Bosh konsulligi binosi yaqinida yuz berdi. Konsullik xodimlariga ziyon yetmagan, deb xabar bermoqda Misr Vazirlar mahkamasidan manba, RIA Novosti xabari asosida.

“Istanbuldagi portlash Misr konsulligi yaqinida sodir etildi. Xodimlarimizdan hech biriga ziyon yetmagan”, — dedi u.

Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga binoan, portlash Istanbul shahridagi sayyohlarning eng sevimli joyi sanalmish – Istiqlol ko‘chasida amalga oshirilgan. Politsiyachilar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan.

Portlash kamikadze-terrorchi tomonidan amalga oshirilgani ta’kidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0