Dunyoda

Aviahalokat tufayli yoʻlovchilar Flydubai laynerlarida Dubayga uchishdan bosh tortishmoqda

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishBoeing-737-800 Rostov-Don aeroportida qoʻnish vaqtida halokatga uchradi
Boeing-737-800 Rostov-Don aeroportida qoʻnish vaqtida halokatga uchradi - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Krasnodardan Dubayga uchiladigan reysdan 50 kishi voz kechgan.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. 140 kishidan 50 kishi Flydubai reysida Dubayga uchishdan voz kechdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Turizm sanoati ittifoqi matbuot-kotibi Irina Tyurina.

Rostov-na-Donudagi xalqaro aeroport - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rostovda mudhish aviahalokat yuz berdi

Dubaydan qaytib kelayotgan Fly Dubai aviakompaniyasiga qarashli layner, Rostov aeroporti qoʻnish chizigʻidan chaproqda, Moskva vaqti bilan 3:40da qulab tushgan. Rossiya Transport vazirligi rasmiy vakili bergan xabarga koʻra, samolyot takror qoʻnishga uringan vaqtda halokatga uchragan.
Aviakompaniya bergan maʼlumotlarga koʻra, samolyot bortida jami 55 yoʻlovchi va yetti nafar ekipaj aʼzolari boʻlgan.
Shulardan 44tasi Rossiya, 8tasi Ukraina, ikki nafari Hindiston va bittasi Oʻzbekiston fuqarosi boʻlganligi maʼlum.

"Bugun Krasnodardan Dubayga uchiladigan reysdan, 50 kishi voz kechdi, bu jami yoʻlovchilarning 40% deganidir”, — xabar qilmoqda Tyurina.

Rostovda halokatga uchragan Boeing laynerida Dubayga qarab 140 kishi uchishi lozim edi. Yoʻlovchilarning aksariyati BAAga dam olish maqsadida uchmoqchi boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala