Moskvada Navro‘z bayrami tantanali nishonlandi

© Sputnik / Igor LekarkinMoskvada Navro‘z bayramini nishonlash
Moskvada Navro‘z bayramini nishonlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxtida o‘ninchi marta MDH va Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston mamlakatlari vakilari ishtirokida Navro‘z bayrami nishonlandi. Bayram tantanasiga Moskvada yashayotgan ko‘plab millat vakillari yig‘ildi.

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Moskvada yakshanba kuni VDNX bog‘ida Navro‘z bayrami katta tantana bilan nishonlandi.

Havo sovuq bo‘lishiga qaramasdan, Navro‘z tanatanalari o‘tkazilayotgan katta pavilon ichida iliq, quyoshli muhit va haqiqiy bayram kayfiyati his qilinardi.

VDNX bog‘ining 75 chi paviloniga kirishda mehmonlarni rus milliy ashula va raqsilari ansambli kutib oldi. Keng pavilon ichida o‘nlab mamalkatlar stendlari joylashgan edi. Ular orasida MDH mamalkatlaridan Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon stendlari, Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, chet el mamlakatlaridan Eron, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston bor edi.

Har  bir mamlakat stendi o‘z-urf odatlariga xos, milliy bezaklar va amaliy san’at namunalari bilan bezagan bo‘lib, yana u yerda milliy taomlarni tatib ko‘rish mumkin edi.

O‘zbekiston milliy va madaniy avtonomiyasi tomonidan tashkil qilingan O‘zbekiston stendi ham, boshqalar kabi, rangba-rang bo‘yoqlar, amaliy san’at namunalari va milliy taomlarga boy edi. Stend ichkarisida turli ipak matolar, kulolchilik namunalari, taqinchoqlar, o‘zbek do‘ppilarini tomosha qilish mumkin edi.

Pavilonda rangba-rang bezatilgan stendlardan tashqari bir-biriga madaniy va ruhiy jihatdan yaqin bo‘lgan o‘nlab millat vakillari to‘plangan bo‘lib, barchaning yuzida tabassum va bahoriy quvnoq kayfiyat ko‘rish mumkin edi. Goh u, goh bu tomondan milliy musiqa va qo‘shiqlar jaranglab odamlarni o‘ziga jalb qilardi. Milliy liboslar kiygan qiz va yigitlarni barcha qiziqib tomosha qilar edi. Ushbu kun Navro‘z o‘zining bahoriy nafasi bilan barchani birlashtirdi desak adashmaymiz.

Soat 1 da pavilonda o‘rnatilgan katta sahnada bayram konserti boshlandi. Konsert oldidan turli mamlakat elchilari va bayram tashkilotchilari so‘zga chiqib barchani bayram bilan tabrikladi.

“Ushbu bayramning maqsadi – barchamiz bir ajoyib katta shahar, ajoyib katta mamlakat  va gullab yashnayotgan yagonda yer shari vakillari ekanligimizni his qilishdir. Biz ushbu dunyoni yanada tozaroq, yanada mehribonroq bo‘lishi uchun javobgarmiz va birgalikda kechirgan baxtli damlarimizni yanada ko‘proq qadrlashimiz kerak”, — dedi Moskva Millatlar siyosati, regionlararo aloqa va turizm departamenti rahbari Vladimir Chernikov.   

Chernikov yig‘ilganlarga Moskva meri Sergey Sobaninning tabrik so‘zlarini ham yetkizib, uning nomidan barchaga bahoriy kayfiyat, baxt va saodat tiladi.

Sahnada, mehmonlarga Navro‘z tarixiga bag‘ishlangan qisqa hikoya namoyish etildi va undan so‘ng turli mamlakatlardan kelgan musiqa va qo‘shiqlar yangradi. Konsertni rus ashula va raqs ansambli ochib berdi. Undan keyin tatar, eron, tojik, o‘zbek va boshqa millatlar kuy va qo‘shiqlar jarangladi.

Taniqli estrada artisti, Ozarbayjonning Rossiyadagi elchisi Polad Bulbul-Ogli so‘zga chiqarkan “Ushbu bayramning diniy asosi yo‘q, u bahor va tabiat qayta tug‘ilishiga bag‘ishlangan va shuning uchun ham u ko‘plab millatlarga yaqin.”, — dedi. 

Sahnada yangragan musiqa va qo‘shiqlar tomoshabinlar orsida xuchshchaqchaq kayfiyat va olqishlarga sazovor bo‘ldi. Quvnoq milliy musiqalar yangrashi bilan esa — tomoshabinlar orasida qizg‘in raqslar boshlanib ketardi.   

Bayram tantanalari kech soat 20:00 ga qadar davom etdi. Ushbu kun barcha, millati, kelib chiqishi va diniga qaramasdan, o‘zini yagona katta va ahil oila a’zosi ekanligini his qildi. Navro‘z bu bahor va tabiat bayrami, ona tabiat oldida esa — har bir inson barobar.

Yangiliklar lentasi
0