Iqtisod

Rossiyada magazinlarida Suriyada yetishtirilgan meva va sabzavotlar paydo boʻla boshladi

Hozircha mevalarni faqat Moskvadaga “Fud-siti” ulgurji savdo markazida sotib olsa boʻladi. Suriya mahsulotlari Turkiyadan olib kirish taʼqiqlangan mahsulotlar oʻrnini bosishi kerak.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiyaga Suriyada yetishtirilgan meva va sabzavotlar olib kelish boshlandi. Ushbu mahsulotlar Turkiyadan olib kelish taʼqiqlangan mevalar oʻrnini bosish kerak, RIA Novosti "Kommersant" gazetasi xabariga asosan.

Rossiyada ushbu mahsulotlar "Adыg-Yurak" kompaniyasi tomonidan import qilinmoqda. Kompaniya dastavval sinov partiyasi olib kelgan. Hozir kompaniya rossiyaning yirik tarmoq supermarketlari "Magnit" va "Pyaterochka" bilan muzokaralar olib bormoqda, deydi Aslan Panesh, kompaniya direktori.

“Importga xalal berayotgan asosiy muammo – bu sifatsiz upakovka va doimiy import oqimini tashkil etish”, — dedi kompaniya direktori.

Paneshning soʻzlariga qaraganda yarim yildan keyin Suriyada sifatli upakovka materiallari ishlab chiqarish boshlanadi. Hozir "Adыg-Yurak" haftasiga 3-4 ming tonna meva va sabzavotlar olib kirishni rejalashtirgan. Keyinchalik import hajmi haftasiga 5 ming tonnagacha yetkiziladi.  

Suriyadan olib kirilayotgan meva va sabzavotlar turkiya mahsulotlari oʻrnini bosishi kerak. Eslatib oʻtamiz, Rossiya 2016 yil 1 yanvaridan Turkiyadan meva va sabzavotlar, parranda mahsulotlari, tuz va gullar importini taʼqiqlagan edi. Ushbu choralar oʻtgan yili Turkiya-Suriya chegarasida Rossiya bombardimonchi samolyotini Turkiya tomonidan urib tushurilishiga qarshi kiritilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala