Brussel metrosida portlash sodir bo‘ldi

© AFP PHOTO / EMMANUEL DUNANDBrussel metrosida politsiya
Brussel metrosida politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Brusselning metro stansiyasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 10 kishi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Brusselning Malbek va Shuman stansiyalarida portlashlar sodir bo‘ldi, OAV xabari asosida.  

Malbek va Shuman metro bekatlari Brusselning yevropaliklar yashaydigan kvartilida joylashgan. OAV xabariga ko‘ra, terakt oqibatida 10 kishi qurbon bo‘lgan va bir necha o‘nlab kishilar yaralangan.

Xabarlarga ko‘ra, ayni damda Brussel metrosidan barcha yo‘lovchiar evakuatsiya qilinmoqda. Mamlakatda terrorchilik xavfi eng yuqori darajasi e’lon qilingan.

Internetda ushbu portlashdan keyin olingan videolavha paydo bo‘ldi.

​Fumée métro maelbeeck #bruxelles @RTBFinfo pic.twitter.com/YVRVh2wwXa

Yangiliklar lentasi
0