Obama: tez orada AQSh sayyohlari uchun Kubaga yo‘l ochiladi

© REUTERSAQSh prezidenti Barak Obama Gavana aeroportida
AQSh prezidenti Barak Obama Gavana aeroportida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barak Obama, 1960-yillarda ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlar darz ketganidan buyon, ya’ni so‘nggi 88-yil ichida Kubaga tashrif buyurgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Amerikalik sayyohlar “tez orada” Kubaga aylangani kelishlari mumkin bo‘ladi, deb ta’kidladi AQSh prezidenti Barak Obama AVS telekanaliga bergan intervyusida, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
Obama 20-mart kuni Ozodlik oroliga ikki kunlik tashrif uyushtirdi. Tashrif davomida u Kuba yetakchisi Raul Kastro va mahalliy dissidentlar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda Ozodlik oroli ahliga nutq bilan murojaat qildi.
Obama uchrashuv davomida Kuba oroliga tez orada to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yilishi haqida ta’kidlab o‘tdi.
"Bu, albatta, ro‘y beradi", — dedi u.
Obama 2014-yilning oxirida Gavana bilan aloqalar yaxshilangani haqida e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0