Hodisalar

Oʻzbekistonlik ekstremist Sankt-Peterburgda hibsga olindi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Fotobankka oʻtishKishan solingan qoʻl
Kishan solingan qoʻl - Sputnik Oʻzbekiston
2012 yildan beri ekstremist “Turkiston Islom harakati” tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Sud uni qamoqqa olishga hukm chiqardi.

 

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Sankt-Peterburgda hibsga olingan, davlatlararo qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi Hasan Sattorov,   Oʻzbekistonda konstitutsiya tizimini noqonuniy toʻntarishga urinishda va “Turkiston islom harakati” ekstremistik tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyshda ayblanib, sud qarori bilan hibsga olindi, Sankt-Peterburg prokuraturasi matbuot xizmati xabariga asosan.     

“Sattorov, jamoatchilikni Oʻzbekistonda konstitutsiya tizimini  noqonuniy oʻzgartirishga daʼvat qilishda ayblanmoqda. Shu bilan bir vaqtda Rossiyada faoliyati taʼqiqlangan, “Turkiston Islom harakati” ekstremistik tashkiloti aʼzosi boʻlgan”, — deyilgan prokuratura xabarida.

Matbuot xizmati xabariga koʻra, Sattorov 2012 yildn boshlab Sankt-Peterburgda “Turkiston Islom harakati” faoliyatini qayta tiklagan. Ushbu ekstremistik tashkilot majlislarida Suriya va boshqa mamlakatlarda “jihod” va davlat toʻntarishi tashkil qilib “Islom davlati” oʻrnatish  muhokama qilingan.

Yuqorida keltirilgan faktlar natijasida, Peterburgning Pushkin tumani sudi Sattorovni “sudgacha qamoqda qoldirish” qarorini qabul qildi. 

Politsiya Hasan Sattorovni yakshanba kuni Sankt-Peterburgda qoʻlga oldi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala