O‘zbekiston IIV ShHT Toshkent sammitiga tayorgarlik ko‘rmoqda

© Sputnik / Valeriy Yarmolenko / Mediabankka o‘tishShHT davlatlari maxsus kuchlarining o‘quv-mashg‘ulotlari
ShHT davlatlari maxsus kuchlarining o‘quv-mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHTning Regional Antiterror strukturasi (RATS) va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT rahbarlari sammitiga tayorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston IIV Adhamjon Ahmadboyev va RATS ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev uchrashdi.

TOShKENT, 22-mart — Sputnik. ShHTning Regional Antiterror strukturasi (RATS) va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT rahbarlari sammitida xafsizlikni ta’minlash uchun bir qator tadbirlar o‘tkazmoqda, RATS matbuot xizmati xabariga asosan.  

Ahmedboyev, O‘zbekistonda ahamiyatli xalqaro anjumanlar, jumladan ShHT sammiti o‘tkazish vaqtida qabul qilingan, ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari haqida so‘zlab berdi.

“RATS ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev O‘zbekiston Ichki Ishlar vaziri Adhamjon Ahmadboyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda hamkorlik va Sammitga tayorgarlik ko‘rish choralari muhokama qilindi”, — deb xabar berdi RATS matbuot xizmati.

Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston ShHT a’zolaridir. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomida.  2016 yilda O‘zbekiston ShHTda rahbarlik navbati O‘zbekistonda, shuning uchun bu yil tashkilotga a’zo mamlakatlar rahbarlarining yillik sammiti 23-24 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0